Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh harbiy-dengiz bazasida saudiyalik talaba harbiylarga qarata o‘t ochgan - OAV
Florida shtatidagi Pensakola harbiy-dengiz bazasida o‘t ochishda gumonlanayotgan shaxs Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlarining aviatsiya zobiti bo‘lgan. Bu haqda AQSh rasmiy shaxslari FBI’ga asoslanib xabar bermoqda, deb yozmoqda Assiciated Press.
FBI va boshqa organlar sodir bo‘lgan voqea terrorchilik bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligini aniqlash uchun tergov-surishtiruv ishlarini boshlashgan.
Shaxsini oshkor etmagan mulozimlarning ta'kidlashicha, gumonlanayotgan shaxs harbiy bazada aviatsiya maktabiga qatnab yurgan ikkinchi leytenant bo‘lgan. Pensakoladagi harbiy dengiz aerodromiga uchishga tayyorgarlik ko‘rish uchun butun jahondan harbiylar kelib-ketib turishadi.
O‘qotar juma kuni ertalab sinf binosida o‘t ochgan. Hujum natijasida to‘rt kishi o‘ldirilgan, jumladan o‘t ochgan shaxs ham. Bir necha kishi jarohat olgan.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari Pensakolada o‘q uzgan shaxs va boshqa kishilar vafot etganini tasdiqlamoqda. Hudud shifoxonasi vakillari Associated Press kamida 11 kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilganini ta'kidlashgan. Harbiy baza ayni paytda huquq-tartibot organlari ish olib borayotgani sababli yopiqligicha qolmoqda.
Saudiya Arabistoni davlat ommaviy axborot vositalari bu hodisa haqida birorta bevosita xabar chiqarishmagan. Saudiya qirolligi o‘z harbiylarini o‘qitishni uzoq yillardan buyon AQShga ishonib keladi.
Qayd etish jizki, bu o‘q uzish AQSh harbiy dengiz kuchlari bazasida bir hafta ichida ikkinchi hodisadir.
Mavzuga oid
17:30
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
10:00
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025