O‘zbekiston | 12:18 / 07.12.2019
12396
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Turonbank: Kim qishki ta'tilni iliq dengiz sohillarida o‘tkazishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Turonbank

“Turonbank” ATB global to‘lov industriyasida faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or texnologik kompaniya bo‘lmish “Mastercard” xalqaro to‘lov tizimi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, o‘zining zamonaviy menejment strategiyasida ish yuritmoqda. Xususan, joriy yil boshidan moliya muassasasi ushbu turdagi xalqaro plastik kartalarini to‘laqonli emissiya qilishni boshladi. Ayni payt bankda ikki turdagi ya'ni “Mastercard Standard” va “Mastercard Gold” kartalari muomalada bo‘lib, ularga “MyTuron” ilovasi orqali cheklanmagan miqdorda xorijiy valuta sotib olish imkoniyati berilgan. Ahamiyatlisi, hisobot davrida shu kabi plastik kartochkalarning 7,5 mingtasi aholiga taqdim etildi.

Yana bir jihatni qo‘shimcha qilish kerak, “Turonbank” ATB “Mastercard” kartalarining ommabopligini oshirish, iste'molchilarga uning keng imkoniyatlarini yetkazish maqsadida qator aksiyalarni ham o‘tkazib kelmoqda. Ulardan biri joriy yilning 15 avgust sanasidan 30 noyabrga qadar davom etgan “Mastercard” xalqaro plastik kartalaridan foydalaning va qishki ta'tilni Janubiy – sharqiy Osiyoning iliq dengiz sohillarida Turonbank bilan o‘tkazing” nomli aksiyadir. Unda qatnashish uchun ishtirokchilar “Mastercard” xalqaro plastik kartalari orqali kamida 300 dollari miqdoridagi to‘lovni amalga oshirishlarining o‘zi kifoya edi. G‘olib esa tasodifiy tanlov shartlariga ko‘ra aniqlandi. Ushbu omadli mijozga sovrinni topshirish marosimi esa “Turonbank” ATBning Bosh ofisida tantanali tarzda o‘tkazildi.

Unda moliya muassasasi Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Riskulov Akmal Tolibjonovich, “Mastercard” biznesini Markaziy Osiyo mamlakatlarida rivojlantirish direktori Anton Borozdin, kompaniya vakillari Yuriy Batxin va Igor Stepanov hamda mijozlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar, “Turonbank” ATB va “Mastercard” xalqaro to‘lov tizimi o‘rtasida kengayib borayotgan mustahkam hamkorlik va amalga oshirilishi kutilayotgan yangi loyihalar haqida yig‘ilganlarga ma'lumot berishdi. Ularning fikricha, qisqa vaqt ichida bankning shu turdagi kartalari keng ommalashishida, ko‘rsatilayotgan sifatli moliya xizmatlarining o‘rni ahamiyatlidir. Mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchi esa bu yo‘nalishda yanada ko‘proq ishlashga undaydi.

Shu o‘rinda aytish kerak, 15 avgust sanasidan 30 noyabrga qadar davom etgan mazkur aksiyada ko‘plab mijozlar ishtirok etgan bo‘lib, ulardan faqat bir nafar omadli inson Oleg Pak qishki ta'tilni Janubiy – sharqiy Osiyoning iliq dengiz sohillarida o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Uning oila a'zolariga esa tantanali tarzda maxsus sertifikat topshirildi.

To‘g‘risini aytsam, hech ham kutmagan edik. O‘g‘lim “Turonbank” ATBning bir necha yillardan buyon mijozi hisoblanadi. Xizmatlari, taklif etayotgan moliyaviy mahsulotlari menga juda ma'qul. Faoliyatim mehnat faoliyati sabab ko‘p vaqt chet el safarlarida bo‘ladi. Shuning uchun ham “Turonbank” ATBning “Mastercard” xalqaro kartalaridan muntazam foydalanadi. Hozirga qadar biz hech qanday noqulayliklarni sezmadik. Hammasi a'lo darajada. Qandaydir savollar tug‘ilsa, bank xodimlari zudlik bilan javob topib, bir necha daqiqalar ichida masalani hal etishadi. Bu aksiyada g‘olib bo‘lamiz deb o‘ylamagan edik. Bunday tantanali tarzda taqdirlashganidan juda ham xursandman. Bu biz mijozlar uchun ajoyib rag‘batdir. Ham sifatli xizmat ham mana bunday katta sovg‘alar. Bu shunchaki, qoyilmaqom. Bundan keyin ham bank bilan hamkorlikni davom ettiramiz, dedi bank mijozi Oleg Pakning onasi Magay Galina.

Bundan tashqari, taqdirlash marosimi davomida yig‘ilganlar bilan turli viktorina o‘yinlari ham o‘tkazilib, savollarga to‘g‘ri javob berganlarga sovg‘alar taqdim etildi. 

Shu o‘rinda qo‘shimcha qilish kerak, bu “Turonbank” ATBning “Mastercard” xalqaro to‘lov tizimi bilan hamkorlikda tashkil etgan birinchi aksiyasi emas. Joriy yilning mart oyidan 1 iyun sanasiga qadar ham mega aksiya o‘tkazilgan edi. Uning doirasida esa 100 nafarga yaqin mijozlarga turli xildagi maxsus sovg‘alar topshirilib, eng omadli ishtirokchiga Nexia III yengil avtomobili taqdim etilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, Turonbank ATB zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda moliyaviy barqarorlik belgisiga erishish uchun olg‘a qadam bosmoqda.  

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid