Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina milliy xavfsizlik kengashi Donbassni qaytarish ssenariysini tasdiqladi
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi shanba kuni bo‘lib o‘tgan yopiq majlisda Donbassni qayta qo‘shib olish ssenariysini tasdiqladi. Bu haqda kengash kotibi Aleksey Danilov ma'lum qildi.
"Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi hayotga tatbiq etiladigan ssenariylardan birini qabul qildi", - dedi u.
Danilovning so‘zlariga ko‘ra, majlisda hududiy mudofaa strategiyasi masalasi ham muhokama qilingan.
Yopiq majlisda muhokama qilingan uchinchi masala mamlakatda kiberxavfsizlikni ta'minlash bo‘lgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy normandcha shaklda o‘tkaziladigan uchrashuvni muhokama qilish uchun shanba kuni milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi majlisini chaqirdi. "Normand to‘rtligi" (Rossiya, Germaniya, Fransiya, Ukraina) yetakchilarining sammiti 9 dekabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026