Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EPSILON: «O‘zbekneftgaz» bilan birgalikda Qashqadaryoda gaz uzatish quvvatlari miqyosini kengaytirish ishlari olib borilmoqda
«Nazarquduq YP-Sho‘rtanneftgaz» (67 km), «Tandircha YP-Sho‘rtanneftgaz» (45 km) va «Chigil YP-Muborak GQIZ» (110 km) kabi uchta yo‘nalish bo‘ylab gaz uzatish quvurlari qurilishi davom etmoqda. «Nazarquduq YP-Sho‘rtanneftgaz» yo‘nalishidagi gaz quvurida pnevmatik sinov ishlarining birinchi bosqichi boshlandi.
O‘tgan kunlar mobaynida, 0,8 ming tn quvurlar keltirish uchun yuklandi, 1,4 ming tn quvurlar keltirildi, 2,4 km zovurlar kavlandi, 5,9 km quvurlar qatorga payvandlandi va 6 km quvurlar qatorga yotqizildi.
Quvur tortish ishlari kechayu-kunduz olib borilib, tezlik sur'ati o‘rtacha 4 km ni tashkil etmoqda.
9 dekabr holatiga ko‘ra jami:
- keltirish uchun yuklangan quvurlar – 33,3 ming tn;
- keltirilgan quvurlar – 21,4 ming tn;
- kavlangan zovurlar – 60,3 km;
- qatorga payvandlangan quvurlar – 86,8 km;
- yotqizilgan quvurlar – 37,1 km ni tashkil etdi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
08:53 / 29.10.2022
EPSILON (EDC): Karakara-1 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 120 ming kubmetrni tashkil etdi
09:49 / 25.10.2022
EPSILON (EDC): Qirqquloch-4 qudug‘idan 50 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarila boshladi
10:43 / 23.10.2022
EPSILON (EDC): Nazarquduq-3 qudug‘idan 150 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarilmoqda
08:37 / 20.10.2022