Köpçilik şoh yoki malika bölişni orzu qiladi-yu, bu qanday qiyin vazifa ekanligi haqida öylab ham körmaydi.

Közga taşlanadigan afzalliklar — boylik va hokimiyat mavjud bölişiga qaramay, ularga egalik qiluvçi odam mutlaq erkin emas. U doimiy kuzatuvda böladi va minglab odamlar tanqid qilişadi. Uning kun tartibi köplab marosimlar va vazifalardan kelib çiqib belgilanadi. Bundan taşqari, haqiqatan ham mamlakatni boşqariş, odamlarning taqdiri boğliq bölgan siyosiy va iqtisodiy qarorlar qabul qilinişi kerak. Ba'zi podşohlar buni yaxşi uddalaşgan, ba'zilari yomonroq, ammo heç kim bu faoliyat stress bilan töla ekanligini inkor etmagan. Ularni yengiş uçun har kimning öz yöli bor edi. Oçiğini aytganda, ba'zi şohlar ğalati sevimli maşğulotlarga ega bölgan. 

Edvard II yer qazişni va baliq ovlaşni yaxşi körgan

Plantagenetlar sulolasi vakili, 1307-1327 yillarda Angliyada hukmronlik qilgan bu qirolni zamondoşlari uzun böyli va xuşbiçim, çiroyli jigarrang soçlari yelkasiga tuşib turgan odam deb ta'riflaşgan. U agar istasa, xarizmatik bölişi va parlamentda qizğin nutq sözlaşi mumkin edi. Barça ma'rifatli monarxlar singari u ham san'at, musiqa va fanga qiziqişi kerak edi, lekin Edvard amaliyotçi inson edi, sport bilan şuğullanişni va ariqlar qazişni yaxşi körardi. 

Köpçilik uni siyosiy maşğulotlar örniga, qarmoqni olib, dehqonlar bilan birga ovga borişni odat qilgani uçun uni tanqid qilgan. Edvardga inşootlar qurilişini tomoşa qiliş yoqqan. Bu kabi turmuş tarzi a'yonlarni ğazablantirgan. Qirolning bunday «qoloq» ovunçoqlar bilan şuğullanişiga nafrat bilan qaraşgan. Baronlar doimiy ravişda uning huquqlarini çeklaşga urinişadi. 20 yillik boşqaruv töliğiça sud va parlamentga nisbatan qarama-qarşiliklar bilan tavsiflanadi. 
Oxir oqibat, u fuqarolik uruşida ğalaba qozonadi va xotini hamda ingliz ritsari Rojyer Mortimer tomonidan ağdarilgunga qadar mamlakatni qattiqqöllik bilan boşqardi. 

Abdulhamid II yoğoç öymakorligiga qiziqqan

Usmoniylar imperiyasi merosxör monarxlari haqiqiy siyosiy kuçga ega bölgan sönggi qudratli imperiyalardan biri edi. Sulolaning sönggi vakili bölgan sulton 1909 yilda davlat töntarişi bilan ağdarilgan Abdulhamid II edi. Uning siyosati ziddiyatli bölgan. Hukmronligining dastlabki davrida u mamlakatni isloh qilişga urinib köradi, keyingi yillarda parlamentni tarqatib yuboradi va konservativ qaraşlarga sodiq qoladi. Uning qizi memuarlarida otasining tunlari mutolaa qilişni sevgani va uyqusizlikdan aziyat çekkani yozib qoldirilgan.