O‘zbekistonda mahkumlar qancha oylik oladi?
Bugungi kunda O‘zbekistondagi jazoni o‘tash muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar 1 mln so‘mgacha oylik olmoqda. Ammo ularga ish staji yozilmaydi, mehnat daftarchasi yuritilmaydi.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar 2019 yilning 11 oyi davomida oilalariga jami 16,5 milliard so‘m pul yuborgan.
Bu haqda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi boshlig‘i Sharofiddinxo‘ja Usmonovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan vazifaga ko‘ra, mahkumlarning oylik olishidan maqsad – boquvchisini yo‘qotgan oila a'zolarini o‘z holiga tashlab qo‘ymaslikdan iborat. 2019 yilning 11 oyida mahkumlarga 84,1 mlrd so‘m oylik belgilangan bo‘lsa, shundan 16,5 milliardi ularning oila a'zolariga yuborilgan.
Kelgusida bundan ham oshirib oylik to‘lashni, yaxshi ish o‘rinlarini barpo qilishni maqsad qilganmiz», dedi Usmonov 9 dekabr kuni matbuot anjumanida.
Ma'lum qilinishicha, shu yilning 11 oyi mobaynida jazoni ijro etish tizimida 3231 ta yangi ish o‘rni yaratilib, qo‘shimcha 3995 nafar mahkumning bandligi ta'minlangan.
Ayni paytda mehnatga layoqatli mahkumlarning 88 foizi mehnatga jalb etilgan. IIV mulozimlariga ko‘ra, mahkumlarga munosib mehnat sharoitlari yaratilgan, sharoitlar kadastr, qurilish-sanitariya, yong‘in xavfsizligi normalariga javob beradi.
Jurnalistlarning savollariga javoban, tungi vaqtda ishlayotgan mahkumlarga Mehnat kodeksida belgilanganidek bir yarim barobar miqdorida ish haqi to‘lanishi, shuningdek, mahkumlarning oylik ish haqidan davlat sug‘urtasi to‘lovi ajratilmasligi, pensiya hisoblash uchun sug‘urta to‘lovlarining to‘lanishi asos hisoblanishi, shu bois jazo muddatini o‘tayotgan davrda mehnat daftarchasi yuritilmasligi va ularga ish staji yozilmasligi ma'lum qilindi.
«Hozirgi kunda Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif berilgan. Aynan mahkumlarning ishlagan davri ish staji va pensiya hisoblanishida tan olinishini taklif qilganmiz, chunki o‘zimizdayam bu bilan bog‘liq ko‘plab savollar tug‘ilgan.
Hozir bu takliflar vakolatli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 2020 yilning yarmigacha bu masala hal etilsa kerak», – dedi Sharofiddinxo‘ja Usmonov.
Avvalroq mahkumlar mehnati bilan topilgan daromadlar miqdori ochiqlangani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Oxirgi so‘zni Oliy sud aytadi” - tahlilchilar Trampning antimigratsiya choralari haqida
Jahon | 16:10 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Qozog‘iston o‘rtacha maosh miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildi
Jahon | 17:16
-
Yangi uy-joy xaridida keshbek tizimi joriy qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 17:13
-
Ko‘p qavatli uy qurish uchun yer auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotiladi
O‘zbekiston | 17:06
Mavzuga oid
16:33 / 13.12.2024
Mahkumlarga masofali video-uchrashuv huquqi berilishi mumkin
11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
20:16 / 26.11.2024
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi
01:24 / 28.10.2024