Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada mehmonxonalarda turganlik uchun soliq joriy qilindi
Turkiyada 2020 yildan boshlab sayyohlar mehmonxonada turganlik uchun 2 foizlik soliq to‘laydigan bo‘ldilar. Bunday me'yor Turkiya prezidenti tomonidan imzolangan qonunda ko‘zda tutilgan.
Diken portalining ma'lum qilishicha, qonun kuchga kirgandan keyin birinchi bosqichda, ya'ni 2020 yil aprelidan yil oxirigacha 1 foizlik soliq undiriladi. Mehmonxonalar bu soliqni mijozlarning hisoblarida qolgan soliqlar qatorida aks ettirishlari kerak bo‘ladi.
Ushbu soliqni yashash uchun joy taqdim qiladigan barcha obektlar, jumladan mehmonxonalar, motellar, apartamentlar, mehmonxona uylari va kempinglar undirishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, qonun mehmonxonadagi obektlar: ko‘ngilochar bog‘lar, akvabog‘lar, restoranlar va shu kabilarga taalluqli bo‘ladi.
Soliqdan talabalar yotoqxonalari, o‘quvchilar uchun pansionlar va dam olish uylari ozod qilinadi. Shuningdek, ushbu soliq xorijiy vakolatxonalar diplomatlari, diplomatik maqomga ega boshqa shaxslar, Anqara bilan soliqdan ozod qilish haqidagi kelishuvga ega xalqaro tashkilotlar xodimlaridan undirilmaydi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026