Yana bir soha xodimlarining maoshi oshirildi
Ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta'minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta indeksatsiyalandi.
Norma’ning yozishicha, bu avgust oyida budjetdan moliyalanadigan tashkilotlar xodimlarining ish haqi oshirilganligi bilan bog‘liqdir. Eslatib o‘tamiz, o‘sha paytdagi indeksatsiya 10 foizni tashkil etgan. Yuqorida aytib o‘tilgan xodimlarning maoshi ham shunday tartibda oshirilgan. Bu pulda quyidagicha ifodalanadi.
1 avgustdan bosh muhandisning bazaviy lavozim maoshi 4 029 300 so‘mni, bosh konstruktor va texnologniki – 3 575 550 so‘mni tashkil etadi. Quyi lavozimlardagi mutaxassislarning maoshi mehnat stajiga qarab belgilanadi.
Hujjat 29.11.2019 yilda e'lon qilingan.
Mavzuga oid
20:19 / 20.05.2022
1 iyundan ish haqi 12 foizga oshirildi
07:39 / 05.04.2022
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini hisoblash avtomatlashtiriladi
17:35 / 15.03.2022
2021 yilda o‘zbekistonliklarning ish haqi darajasi qanday bo‘ldi?
09:56 / 14.03.2022