Jahon | 20:44 / 10.12.2019
13790
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenkoga qarshi davlatga xiyonat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ukraina davlat tergov byurosi mamlakatning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi Minsk kelishuvlarini imzolashda davlatga xiyonat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda yurist Andrey Portnov ma'lum qildi.

Aytilishicha, Poroshenko "Normand to‘rtligi" rahbarlari bilan Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan hududlar Ukrainaga qaytarilmasdan turib o‘zini respublika deb e'lon qilgan hududlarda saylovlar o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Andrey Portnov ushbu faktni davlatga xiyonat deb hisoblash mumkinligini bildirdi.

Avvalroq Ukrainaning sobiq prezidenti 13ta jinoyat ishida qatnashayotgani, ulardan 12tasida guvoh sifatida ishtirok etayotgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid