O‘zbekiston | 18:59 / 11.12.2019
5681
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON: «O‘zbekneftgaz» bilan hamjihatlikda Qashqadaryodagi gaz yetkazib berish infratuzilmasi rivojlantirilmoqda

«Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» (67 km), «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km) hamda  «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km) yo‘nalishlari bo‘ylab qurilayotgan gaz uzatish quvurlarining yakuniy masofasiga tobora yaqinlashib borilmoqda, «Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» yo‘nalishidagi uzatish quvurida esa pnevmatik sinovlarning birinchi bosqichi boshlangan. 

Quvur tortish ishlari kechayu-kunduz mezonida olib borilib, tezlik sur'ati kuniga o‘rtacha 4 km ni tashkil etmoqda.

11 dekabr holatiga ko‘ra jami:

  •   Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 36 ming tn;
  •  Keltirilgan quvurlar – 23,6 ming tn;
  •  Kavlangan zovurlar – 62,4 km;
  •  Qatorga payvandlangan quvurlar – 94,4 km;
  •  Yotqizilgan quvurlar – 51,5 km ni tashkil etdi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid