O‘zbekiston | 22:40 / 11.12.2019
39381
6 daqiqa o‘qiladi

Kimga qancha: O‘zbekistonning 2020 yilgi budjeti qanday taqsimlanadi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi va hujjat 2019 yil 10 dekabrdan kuchga kirdi.

O‘zbekistonda avvalgi yillardan farqli o‘laroq, ilk marta davlat budjeti qonun ko‘rinishida qabul qilindi.

Qonunda 2020 yil O‘zbekistonda qaysi davlat idorasi budjetdan qancha mablag‘ olishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xususan, 5-ilovada respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori keltirilgan.

Davlat budjetining jami miqdori – 100 trillion 830 milliard 566,4 million so‘mni tashkil etadi.

Undan:
•    Joriy xarajatlarga — 74 trln 26 mlrd 964,4 mln so‘m;
•    obektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga — 12 trln 441 mlrd 609,1 mln so‘m;
•    davlat maqsadli fondlariga transfertlar — 9 trln 248 mlrd 82,8 mln so‘m;
•    O‘zbekiston Respublikasi budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar — 5 trln 113 mlrd 909,9 million so‘m.

  1. Moliya vazirligi — 27 trln 588 mlrd 744,1 mln so‘m;
  2. Xalq ta'limi vazirligi — 18 trln 616 mlrd 652,2 mln so‘m;
  3. Maktabgacha ta'lim vazirligi — 5 trln 178 mlrd 570,5 mln so‘m;
  4. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi — 3 trln 314 mlrd 709,3 mln so‘m;
  5. Sog‘liqni saqlash vazirligi — 3 trln 70 mlrd 202,4 mln so‘m;
  6. Suv xo‘jaligi vazirligi — 2 trln 682 mlrd 3,5 mln so‘m;
  7. Transport vazirligi — 2 trln 668 mlrd 331,5 mln so‘m;
  8. Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi — 2 trln 284 mlrd 205 mln so‘m;
  9. Vazirlar Mahkamasi — 1 trln 480 mlrd 696,8 mln so‘m;
  10. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1 trln 457 mlrd 430,6 mln so‘m;
  11. Davlat soliq qo‘mitasi — 1 trln 38 mlrd 509,6 mln so‘m;
  12. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi — 893,5 mlrd 535,9 mln so‘m;
  13. Madaniyat vazirligi — 746 mlrd 516,2 mln so‘m;
  14. Prezident Adminstratsiyasi — 742 mlrd 577,9 mln so‘m;
  15. Bosh prokuratura — 734 mlrd 184,7 mln so‘m;
  16. Innovatsion rivojlanish vazirligi — 604 mlrd 557,8 mln so‘m;
  17. Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 535 mlrd 749,6 mln so‘m;
  18. Oliy sud — 448 mlrd 920,4 mln so‘m;
  19. Tashqi ishlar vazirligi — 421 mlrd 426,5 mln so‘m;
  20. Milliy teleradiokompaniya — 420 mlrd 216,5 mln so‘m;
  21. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 408 mlrd 182,6 mln so‘m;
  22. Yoshlar ittifoqi — 372 mlrd 52,5 mln so‘m;
  23. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — 235 mlrd 138,6 mln so‘m;
  24. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — 224 mlrd 590,6 mln so‘m;
  25. O‘zFA — 218 mlrd 352,6 mln so‘m;
  26. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi — 188 mlrd 245,1 mln so‘m;
  27. Davlat statistika qo‘mitasi — 151 mlrd 260,1 mln so‘m;
  28. Adliya vazirligi — 130 mlrd 378 mln so‘m;
  29. Xotin qizlar qo‘mitasi — 121 mlrd 518 mln so‘m;
  30. Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 120 mlrd so‘m;
  31. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi — 115 mlrd 155,8 mln so‘m;
  32. Qurilish vazirligi — 98 mlrd 551,8 mln so‘m;
  33. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi — 98 mlrd 113,8 mln so‘m;
  34. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi— 95 mlrd 34,9 mln so‘m;
  35. Gidrometeorologiya xizmati markazi — 73 mlrd 862,7 mln so‘m;
  36. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — 65 mlrd 590,4 mln so‘m;
  37. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 42 mlrd 188,9 mln so‘m;
  38. Energetika vazirligi — 41 mlrd 59,5 mln so‘m;
  39. Oliy Majlis Senati — 20 mlrd 962,8 mln so‘m;
  40. Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi — 19,9 mlrd 916,2 mln so‘m;
  41. Sudyalar oliy kengashi — 18 mlrd 709,7 mln so‘m;
  42. «O‘zstandart» agentligi — 16 mlrd 367,1 mln so‘m;
  43. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi — 14 mlrd 432,1 mln so‘m;
  44. O‘zA — 11 mlrd 695,7 mln so‘m;
  45. Ma'naviyat va ma'rifat markazi — 9 mlrd 669,1 mln so‘m;
  46. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi — 9 mlrd 446,2 mln so‘m;
  47. «O‘zarxiv» agentligi — 8 mlrd 627,9 mln so‘m;
  48. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 8 mlrd 442 mln so‘m;
  49. Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz — 7 mlrd 530,2 mln so‘m;
  50. Markaziy saylov komissiyasi — 4 mlrd 315 mln so‘m;
  51. Ombudsman — 3 mlrd 943,6 mln so‘m;
  52. Konstitutsiyaviy sud — 3 mlrd 766,4 mln so‘m;
  53. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — 3 mlrd 478,7 mln so‘m;
  54. Innovatsion sog‘liqni saqlash palatasi — 2 mlrd 437,9 mln so‘m;
  55. «Nuroniy» jamg‘armasi — 1 mlrd 743,4 mln so‘m;
  56. Boshqa tashkilotlar — 22 trln 938 mlrd 85,5 mln so‘m.

Izoh: Moliya vazirligi xarajatlari kesimida ko‘plab ijtimoiy to‘lovlar, tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa xarajatlar o‘rin olgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid