«Turonbank» ATB stiker va braslet orqali kontaksiz to‘lovni taklif etmoqda
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda har kim o‘tayotgan vaqtdan unumli foydalanishga harakat qilmoqda. Endi oddiygina to‘lovlarni amalga oshirish uchun avvalgidek navbat kutish yoki xonama-xona sarson bo‘lishga hech ham toqat yo‘q. Ayniqsa, taraqqiyotning eng so‘nggi nuqtasiga yetib borayotgan bugungi kunda masofadan turib yumushlarni bajarish juda ham ommalashayapti. Iste'molchilar uchun qulayligi va arzon imkoniyatlarini yaqqol namoyon qilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmi, xususan, plastik kartochkalar tizimi, bu jarayonlarda juda ham qo‘l kelmoqda.
Vaqt sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan ushbu to‘lov vositasi universalligi bilan ko‘pchilikning mehrini qozondi. Sababi, u orqali oziq-ovqat do‘konlari-yu, turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida, shuningdek, mobil ilovalar orqali istalgan to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Ayniqsa, plastik kartochkalar emissiyasini ko‘paytirish, tovar va xizmatlar uchun kontaksiz to‘lov shakllarini joriy etgan holda mijozlarning vaqtini sezilarli darajada tejashni maqsad qilgan «Turonbank» ATB bilan bu yanada osonlashadi.
Endilikda, moliya muassasasi plastik kartochkalarsiz ham to‘lovlarni amalga oshirish imkonini taqdim etmoqda. Qanday qilib deysizmi? Bu juda ham qulay va oddiy. Shunchaki, «Turonbank» ATB taklif etayotgan HUMO kartasining eng faol foydalanuvchisiga aylaning va kontaksiz to‘lov vositasining zamonaviy ko‘rinishi bo‘lgan braslet va stikerlarni qo‘lga kiriting. Ular sizga hamyoningizda plastik kartangiz yo‘qligida yoki yodingizdan ko‘tarilganda yaqindan yordam beradi. Ahamiyatlisi, braslet yoki telefonga yopishtirilgan stikerni terminalga tekkazishning o‘zi kifoya. HUMO kartasiga bog‘langan chip qisqa vaqt ichida hisob raqamdan zarur pul mablag‘ini yechib oladi.
Yana shuni qo‘shimcha qilish kerak, ushbu zamonaviy kontaksiz to‘lov vositalari farzandlaringiz uchun ham xavfsizlik nuqtai – nazaridan juda qulay. Naqd pul o‘rniga siz HUMO kartasi balansini to‘ldirsangiz bo‘lgani.
Bugungi kunda «Turonbank» ATB tomonidan 40 ming donadan ortiq HUMO tizimidagi plastik kartochkalar muomalaga chiqarilganini inobatga olsak, zamonaviy brasletlarga ega bo‘lish uchun raqobat kuchli. Shuning uchun harakatni hozirdan boshlang va eng faol mijoz maqomida ularni qo‘lga kiriting!
Ma'lumot uchun:
Telefon: (+998) 95-144-60-00
Sayt: turonbank.uz
Facebook sahifasi: fb.com/turonbank
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 25.06.2024
Turonbank yoshlari uchun Buxoroda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
19:00 / 14.03.2024
Turonbank talabalarni o‘qish davridayoq mutaxassisga aylantirmoqda
08:59 / 30.06.2023
Turonbankning yoshlar loyihasi 400 nafar talabani qamrab oldi
19:00 / 07.06.2023