Çempionlar ligasining guruh bosqiçida 4 guruh 6-tur öyinlarini ötkazişdi.
Ye guruhi
100 soniyada hal bölgan öyin

«Zalsburg» — «Liverpul» — 0:2
Gollar: Keyta, 57. Saloh, 58.
Bir yil avval bölgani kabi, «qizillar» pley-offga çiqiş masalasini oxirgi turga qoldirişgandi. Norvegiyalik vunderkind Holand «Liverpul» rejalariga asosiy tahdid sifatida körilayotgandi. Undan kamida Çempionlar ligasida debyutdagi 6 uçraşuvda samarali harakatlari bilan (gol yoki pas) rekord örnatiş, maksimum esa avstriyalik muxlislarning 1/8 final böyiça orzularini röyobga çiqariş kutilayotgandi.
Alissonga öyinning ilk daqiqalaridanoq iş topila boşladi. Uning hamkasbi esa faqat birinçi bölim örtalariga kelib işga kirişdi. Undan keyin yana «Zalsburg»ning hujumlar seriyasi kuzatildi, keyin esa Saloh Manening ajoyib pasini yöqqa çiqardi. Tanaffus arafasida Stankoviç özi bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib kelgan Keytani töxtatib qoldi. Birinçi bölimda kuçlar teng keldi.
Ikkinçi bölim Salohning yana bir qulay vaziyatni kökka sovurişi bilan boşlandi, darvozabon yana yakkama-yakka vaziyatda ustun keldi. Xoland misrlik futbolçini xatosi uçun jazolaşga yaqin kelgandi, ammo uning zarbasi biroz xato ketdi. Bu hujumdan keyin «Liverpul» futbolçilari individual mahorat evaziga 100 soniyada öyin taqdirini hal qilişdi. Avvaliga «Zalsburg»ni sobiq futbolçilari Mane va Keyta iştirokidagi kombinatsiya ranjitdi. Keyin esa Saloh baribir niyatiga erişdi, qator qulay vaziyatlardan foydalana olmagan futbolçi ötkir burçakdan turib darvozani işğol etdi. Qizillar yurişini davom ettiradi, avstriyaliklarning yoş hujumçilari esa endi Yevropa Ligasini tomoşabop qilib berişadi.
«Napoli» — «Genk» — 4:0
Gollar: Milik, 3, 26, 38, penaltidan. Mertens, 74, penaltidan.
Neapolitanliklar kutilganidek autsayderga qarşi öyinda jiddiy qarşilikka duç kelişmadi. Qolaversa, «Genk» darvozasida bu öyinda turnir tarixidagi eng yoş darvozabon turgandi. Yangi rekordçi Vandervordt endigina 17 yoşu 287 kunlik edi, ammo heç kim bu debyutantga rahm qilmadi. 3-daqiqadayoq uning qöpol xatosi yaqinda jarohatini tuzatib qaytgan Milikning goli bilan yakunlandi.
Polyak tanaffusgaça yana ikkita gol urdi va «Napoli» tarixiga Çempionlar ligasida ilk het-trik qilgan futbolçi sifatida kirdi, buning uçun unga uç bor zarba beriş yetarli böldi. Öyinga yakuniy nuqta Mertens tomonidan qöyildi. Bu öyin uning uçun neapolliklar jamoasi safidagi 300-öyin böldi, boş murabbiy Karlo Ançelotti uçun esa sönggisi. Yirik hisobdagi ğalaba va «Napoli» guruh bosqiçini ilk bor mağlubiyatsiz ötkazganiga qaramasdan klub prezidenti Aurelio de Laurentis uni işdan böşatişga qaror qildi.

H guruhi
Amsterdamdagi halokat

«Çelsi» — «Lill» — 2:1
Gollar: Abraham, 19. Aspilikueta, 35 — Remi , 78.
Frenk Lempard jamoasining guruhdan çiqişi jamoaning öziga boğliq edi va jamoa buni xotirjamlik bilan uddaladi. Bunga qisman raqibning özi yordam berib yubordi, jamoa muddatidan avval yevrokuboklarni tark etgani uçun Londondagi öyinga aralaş tarkib tuşirildi. Köklar öyinni töxtovsiz hujumlar bilan boşlaşdi va birinçi qamal Pulişiç — Villian — Abraham kombinatsiyasidan keyin gol bilan yakunlandi.
Muvaffaqiyatni Aspilikueta mustahkamladi, u Çempionlar ligasidagi sönggi 3 uçraşuvda 2ta gol urdi, ungaça 46 öyinda bitta gol urgandi. Abraham esa mavsumdagi gollari sonini 13taga yetkazib oldi. «Çelsi»da sönggi marta angliyalik futbolçi bunday samarali harakat qilişi futbolçi Lempard davridan buyon kuzatilmagandi. Londonliklar klubining sobiq futbolçilaridan biri Remi qaytarib bölmas zarbasi bilan özini «Stemford Brij»ga eslatib qöydi, ammo uning bu goli londonliklarning bayramini buza olmadi. Lempard esa YeÇL pley-off bosqiçiga ham futbolçi, ham murabbiy sifatida çiqqan ilk inglizga aylandi.
«Ayaks» — «Valensiya» — 0:1
Gol: Rodrigo, 24.
Amsterdamliklarning içki çempionatda «Villem»ga sensatsion ravişda mağlubiyatga uçraşi jamoa bor e'tiborini Çempionlar ligasiga qaratgani bilan izohlangandi, ammo seşanba oqşomidagi öyin ham Erik ten Haag ssenariysi böyiça keçmadi. «Körşapalaklar»ning ketma-ket xavfli hujumlari Rodrigoning yaqin masofadan turib «töqqizlik»ni işğol qilişi bilan yakunlandi. Statistik raqamlar ham «Ayaks»ning qiyin ahvolidan darak bermoqda, jamoa sönggi uç uy uçraşuvida törtta gol ötkazib yubordi. Bu esa avvalgi 11 uy uçraşuvidagidan köproqdir.
Niderlandlar bitta javob goli ursa kifoya edi. Ammo Ziyoş bu öyinda darvozaga biror marta aniq zarba bera olmadi. Endi u va ötgan mavsumda turnir yarimfinaliga qadar borgan amsterdamliklarning boşqa yulduzlari ikkinçi darajali yevrokubokda omadlarini sinab körişadi. Sönggi tur arafasida guruh peşqadami bölib turgan «Ayaks» 10 oçko töplab ham guruhdan çiqa olmadi. Sönggi marta bunday holat 7 yil muqaddam «Çelsi» bilan röy bergandi, «Napoli»ga esa bir safar 12 oçko ham yetarli bölmagandi.

F guruhi
Tarixiy gol

«Inter» — «Barselona» — 1:2
Gollar: Lukaku, 44 — Karles Peres, 23. Ansu Fati, 86.
Muddatidan avval birinçi örinni naqd qilib qöygan katalonlar bu öyinga jiddiy qaraşmagandi. Ular uçun içki çempionatdagi navbatdagi tur va keyingi haftada bölib ötadigan klasikoga tayyorlaniş muhimroq edi, şu tufayli Milanga Messi va Pike olib ketilmadi, Buskets, Suares, ter Ştegen va de Yong öyinni zaxira örindiğida boşlaşdi. Lekin bu «Barsa» öyinni topşiradi degani emasdi. Aksinça, imkon berilgan futbolçilar özlarini körsatişdi, Netu muqarrar gollardan saqladi, YeÇLdagi debyut öyinini ötkazgan Karles Peres gol urib hisobni oçdi.
Agar Langle birinçi bölimda qulay vaziyatdan gol urolganida «Inter» nokaut holatiga tuşişi mumkin edi. Ammo bir neça vaziyatlardan foydalan olmagan milanliklar baribir javob qaytara olişdi, birinçi bölim davomida juda faol harakat qilgan Lukaku bölim oxirida qarşisidagi himoyaçilar va darvozabonga imkon qoldirmadi.
Ikkinçi bölim ham mezbonlarning ustunligida keçdi, Lautaro Martinesning ikki goli ofsayd tufayli bekor qilindi, mezbonlarda boşqa golli vaziyatlar ham böldi. Lekin öyin oxirida «Barsa»ning yana bir yoş futbolçisi öz nomini YeÇL tarixiga yozdirib qöydi. Jarima maydoni taşqarisidan aniq zarba yöllagan Ansu Fati 17 yoşu 40 kunlik va u turnir tarixidagi eng yoş gol muallifi böldi. Bundan avvalgi rekord 22 yildan buyon özgarmay kelayotgandi.
«Borussiya» D — «Slaviya» Pr — 2:1
Gollar: Sanço, 10. Brandt, 61 — Souçek, 43.
Birinçi bölimda dortmundlik muxlislar bir neça bor olqişlaşdi. Avvaliga Roys va Sançoning golli kombinatsiyasini, keyin — «Barselona»ning «San-Siro»da urgan golini. Şuningdek, Byurki bir neça marta pragaliklarning hujumlarini bartaraf etib olqişlarga sazovor böldi.
Lekin tanaffus arafasida ular alamdan ham hayqirişdi, Souçek baribir «asalarilar» darvozasini işğol qildi, bu gol parallel uçraşuvda «Inter» gol urgan vaqtga töğri keldi. Ammo «Signal Iduna Park»dagi ğamginlikka ikkinçi bölim boşlarida Sançodan qabul qilib olgan pasini raqib darvozabonining yaqin burçagiga joylagan Brandt tarqatib yubordi.
Öyin oxirida Vayglning çetlatilişi yana asabbuzarlikka sabab böldi, ammo barçasi yaxşilik bilan tugadi. «Borussiya» «Barsa»ning yordami bilan keyingi bosqiçga yöllanma oldi, Antonio Konteni Yevropa Ligasida kutişmoqda.

G guruhi
«Lion» «Zenit»ni yevrokuboksiz qoldirdi

«Lion» — «Leypsig» — 2:2
Gollar: Forsberg, 9, penalti. Verner, 33, penalti — Auar, 50. Depay, 82.
Qiziqarli fakt: Çempionlar ligasining sönggi uç mavsumida guruh bosqiçidan ikkinçi örin bilan çiqqan jamoalar çempion bölişgan. Bu haqda Yulian Nagelsmann öylamagani aniq, uning uçun guruhda birinçi böliş prinsipial masala edi. Birinçi bölimda nemislar jamoasi ğayratli körinişdi, arbitr ikki marta VAR orqali fransuzlar darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Ulardan birini Verner aniq ijro etib, öziga xos natija körsatdi. Uning turnirda urgan 6 goli ham begona maydonda urildi va bu orqali u avvalgi rekordçilar — Sinişu Mixayloviç va van Byuytenni ortda qoldirdi.
Tanaffusga qadar barçasi hal bölib bölgandek edi, ammo ikkinçi bölimda barçasi özgarib ketdi. «Zenit» Lissabonda alamli mağlubiyatni qabul qilayotgan çoğda, «Lion» töliq kuç bilan oldinga ötdi. Fransuzlar Auarning çiroyli golidan keyin hujumni davom ettirişdi va Depay hisobni tenglaştirdi. Niderlandiyalik futbolçi Çempionlar ligasida qatorasiga 5 öyinda gol urib buyuk vatandoşlari — van Nistelroy, Makay va Robbenning natijasini takrorladi. Ammo Memfis uçun asosiysi — pley-offga çiqiş böldi, bu yöllanmani «Lion» matonat bilan qölga kiritdi, öyinning sönggi daqiqalarida «Leypsig» ğalaba golini uriş uçun 100 foizlik imkoniyatga ega bölgandi.
«Benfika» — «Zenit» — 3:0 (0:0)
Gollar: Servi, 47 (1:0). Pitssi, 58 — penalti (2:0). Ozmun, 79 — avtogol (3:0).
«Zenit» «RB Leypsig» Fransiyada ğalaba qozonişiga işonib qolib, safarga borgandi va buning uçun jazolandi. Birinçi bölimdan keyin Lissabonda 0:0, Lionda 0:2 hisobi qayd etilayotgan va bu holat ruslarni töla qanoatlantirardi. Lekin fransuzlar ikkinçi bölimda ikkita gol urişdi, portugallar esa uçta. Natijada guruhdagi eng katta budjetga ega bölgan piterliklar Yevropa Ligasiga ham yöllanma ololmadi.












