Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple kompaniyasi Tesla avtomobilidan qimmatroq turuvchi kompyuterni sotuvga chiqardi
Apple kompaniyasi o‘z tarixidagi eng qimmat turuvchi va eng kuchli kompyuteri savdosi boshlanganini e'lon qildi. Kompyuter Mac Pro oilasiga mansub bo‘lib, uning bazaviy varianti monitorsiz 5999 dollar, eng qimmat varianti 53 ming dollarga yaqin turadi.
Kompyuterning bazaviy varianti 8 yadroli Intel Xeon protsessori, 32 Gb tezkor xotira va 256 Gbaytli qattiq disk bilan jihozlangan. Eng qimmat versiyasi 2,5 gigagersli 28 ta yadroga ega Intel Xeon W protsessori, 1,5 terabayt tezkor xotira, 2 ta 64 Gbaytli Radeon Pro Vega II Duo grafik protsessori, 4 terabaytli qattiq disk va 400 dollarlik g‘ildirakchalar olgan.
Kompyuter uchun Pro Display XDR displeyi 4999 dollardan 5999 dollargacha narxda alohida sotiladi.
Kompyuter takomillashgan sovitish tizimi bilan ta'minlangan bo‘lib, u 80 foizga samaraliroq ishlaydi.
Yangi kompyuterni murakkab vazifalarni bajarishda, misol uchun, 3D grafika, foto va video axborotni qayta ishlashda qo‘llash tavsiya qilingan. Yangi Mac Pro hozircha faqatgina AQShda taklif qilinmoqda.
Qayd etish joiz, kompyuterning eng qimmat varianti Tesla’ning Model 3 elektrokaridan (56990 dollar) biroz arzonroq, noyabrda taqdim etilgan Tesla Cybertuck modelidan (39900 dollar) esa ancha qimmatroq turadi.
Mavzuga oid
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
18:16 / 19.06.2026
Buklama iPhone Ultra xususiyatlari oshkor qilindi
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
18:14 / 18.06.2026