Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston parlamenti avgustdagi tartibsizliklar uchun javobgarlikni Atamboyev zimmasiga yukladi
Qirg‘iziston parlamenti maxsus davlat komissiyasining avgustda sobiq prezident Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish vaqtida yuz bergan tartibsizliklar uchun javobgarlikni Atamboyev zimmasiga yuklash qarorini ma'qulladi.
Shuningdek, tartibsizliklarni tergov qilish bo‘yicha komissiya a'zolari sobiq prezident hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishni tayyorlagani haqidagi qarorga kelishgan.
Komissiya qarorini ma'qullash uchun 120 deputatdan 87 nafari ovoz bergan. Komissiya xulosalariga ko‘ra, Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va ichki ishlar vazirligi rahbariyatining o‘sha voqealar vaqtidagi xatti-harakatlari “yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga qaramay, Qirg‘iziston konstitutsiyasi me'yorlari va qonunlariga asoslangan bo‘lgan”.
Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot uning Bishkekdan 20 km uzoqlikda joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyida 7-8 avgust kunlari o‘tkazilgan. Kuch tuzilmalari xodimlari va sobiq prezident tarafdorlari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir maxsus jangchi halok bo‘lgan. O‘shandagi voqealar Atamboyevning kuch tuzilmalariga taslim bo‘lishi bilan yakun topgan.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026