Jahon | 21:03 / 12.12.2019
12354
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Tunbergning «Yil odami» deb topilishini kulgili deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 16 yoshli Greta Tunbergning Time jurnali tomonidan «Yil odami» deb topilishini tanqid qildi.

Foto: AP

"Shunchaki kulgili! Greta g‘azabini boshqarish muammosi ustida ishlashi, so‘ngra do‘sti bilan yaxshi qadimiy filmni tomosha qilish uchun kinoga borishi kerak! Tinchlan, Greta, tinchlan!", - deb yozdi Tramp o‘zining Twitter sahifasida.

Tunberg chorshanba kuni Time jurnali talqini bo‘yicha "2019 yil odami" deb e'lon qilindi. 

Time bosh muharriri u 92 yillik tarix davomida ushbu e'tirofga sazovor bo‘lgan eng yosh shaxs bo‘lganini qayd etdi. 

Greta Tunberg 2018 yilda maktabga borish o‘rniga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishni talab qilib Shvetsiya parlamentiga borgani bilan nom qozongan. Uning tashabbusi FridaysForFuture xalqaro harakatiga aylangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid