MSK raisi o‘rinbosari: «O‘qituvchining saylov uchastkasini jihozlashi – noqonuniy holat»

Foto: Xalqaro press-klub
13 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov va bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.
Anjumanda qatnashgan Kun.uz muxbiri muhokama mavzusidan kelib chiqqan holda, joylarda saylov uchastkalarining aksariyati umumiy o‘rta ta'lim maktablarida joylashgani va saylov uchastkalarini jihozlash ham o‘sha maktab o‘qituvchilari zimmasiga tushayotgani, bu holat qonunchilikka qanchalik mos ekanligi borasida savol berdi.
«Haqiqatda bizdagi 75 foiz saylov uchastkalari maktablarda joylashgan. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyodagi tajriba. Shuningdek, maktablarning infrastrukturasi ham saylovlarni o‘tkazish uchun juda mos.
Biz avvalgi saylovlardan farqli, bu galgi saylovda barcha uchastkalarni keragidan ortiq jihozlashni ta'minlay oldik.
Agar qayerdadir saylov uchastkalarini jihozlash o‘qituvchilar zimmasiga tushayotgan bo‘lsa, bu noqonuniy holat. Biz bunday holatni aniqlasak, albatta tegishli choralar ko‘ramiz. Chunki bunga extiyoj yo‘q, biz aytganimdek, barcha uchastkalarni jihozlar bilan ta'minlab qo‘yganmiz», deya Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
-
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi
Jahon | 13:32
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

23:32 / 16.05.2024
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoniga rahbar tayinlandi

23:40 / 12.10.2022
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlanadimi?

15:47 / 18.10.2021