Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada eng katta ta'sirga ega kishilar reytingida Soros ikkinchi o‘rinni egalladi
Amerikalik moliyachi Jorj Soros Ukrainaning «Vesti» media-xoldingi tomonidan tuzilgan Ukrainadagi eng katta ta'sirga ega kishilar reytingida prezident Vladimir Zelenskiydan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Reytingni tuzishda qatnashgan ekspertlar prezident Zelenskiyni nafaqat egallab turgan lavozimi tufayli, balki saylovlarda saylovchilarning ishonchli qo‘llab-quvvatlashiga (ikkinchi turda 73 foiz ovoz) ega bo‘lgani uchun ham birinchi o‘ringa qo‘yishgan.
Qayd etilishicha, ikkinchi o‘ringa joylashgan Jorj Soros Ukrainadagi o‘nlab ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarga homiylik qilish orqali mamlakatdagi jarayonlarga katta ta'sir ko‘rsatmoqda.
Reytingning uchinchi pog‘onasidan ukrainalik milliarder, "Interpayp" konserni egasi Viktor Pinchuk joy oldi. Ma'lum qilinishicha, Pinchuk bilan aloqador deputatlar barcha partiyalardagi fraksiyalarda bor.
Ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinda prezident ofisi rahbari Andrey Bogdan, beshinchi o‘rinda oligarx Igor Kolomoyskiy joylashgan.
Ukrainaning eng katta ta'sirga ega kishilari reytingida oltinchi o‘rin ichki ishlar vaziri Arsen Avakov, yettinchi o‘rin biznesmen Rinat Axmetovga nasib etdi.
Keyingi o‘rinlarda "Oppozitsionnaya platforma - Za jizn" partiyasi siyosiy kengashi rahbari Viktor Medvedchuk, Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko va sobiq bosh vazir, "Batkivshchina" partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko joylashgan.
Mavzuga oid
10:10 / 08.07.2026
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
09:14 / 07.07.2026