Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI sammitida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan qabul qilindi
Donbassdagi nizoni bartaraf etishda oldinga siljish bor, ammo Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlash uchun asos yo‘q, dedi Germaniya kansleri Angela Merkel YeI sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
"Men va prezident Emmanyuel Makron kecha "normandcha shakl"dagi uchrashuv to‘g‘risida ma'lumot bergandik. Biz ma'lum bir siljish borligini, ammo bu sanksiyalarni olib tashlash uchun yetarli emasligini aytdik. Sammit ishtirokchilari sanksiyalarni bir ovozdan uzaytirdi", - dedi u.
9 dekabr kuni Parijda Ukrainadagi inqirozni bartaraf etish mavzusiga bag‘ishlanib sammit o‘tkazildi. Unda Rossiya, Ukraina, Fransiya prezidentlari va Germaniya kansleri qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, Yevroittifoq 2014 yilda Ukrainadagi voqealar va Qrimning qo‘shib olinishi sababli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etgan.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
18:03 / 19.05.2026
Qirg‘izistonda sanksiyalar tahdidi tufayli 50 ta korxona tugatildi
09:16 / 12.05.2026