YeXHT kuzatuvchilari Kun.uz tahririyatiga tashrif buyurdi
Bugun, 13 dekabr kuni Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan saylovlarni kuzatish uchun tashrif buyurgan ikki nafar kuzatuvchi – Kristof Viydeman va Yuliana Petrenko Kun.uz tahririyatida mehmon bo‘ldi.
Tashrif davomida mehmonlar sayt tahririyati faoliyati bilan tanishdi. Bo‘lajak saylovlar oldidan kechayotgan jarayonlarni, targ‘ibot usullari, debatlar va boshqa tadbirlarni yoritish jarayoni bilan qiziqishdi. Kristof Viydemanni ko‘proq partiyalar o‘rtasidagi debatlar qiziqtirgan bo‘lsa, Yuliana Petrenko so‘nggi yillardagi OAV sohasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma'lumotlar oldi.
Ma'lumki, 10 dekabrga qadar Markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan 168 nafar xalqaro kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. Aynan saylov arafasida 250 nafardan ortiq qisqa muddatli kuzatuvchilar kelishi qayd etilgan.
Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish bo‘yicha maxsus missiyasi rahbari Tana de Zuleta xonim «Biz kuzatuvchi maqomidamiz, saylovlar jarayoniga ham, qonun buzilish holatlariga ham aralashmaymiz. Bunday holatlarda chora ko‘rish to‘liq O‘zbekiston Respublikasining turli organlari vakolatiga kiradi» deya bayonot bergandi.
Mavzuga oid
08:50 / 26.10.2024
Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024
Tashqi ishlar vaziri YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
13:00 / 20.06.2024