EPSILON: 14 dekabrdan «Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» (67 km) yangi quvuridan gaz yetkazish boshlandi va «O‘zbekneftgaz» hamkorligida qazib chiqarish hajmi oshirilmoqda
14 dekabrdagi GRP amaliyotidan so‘ng Xo‘ja-Xayram va G‘arbiy Toyloq konlaridagi uchta quduqning kunlik debiti 140 ming kub.m gacha oshdi.
Xoji-Xayram-5 qudug‘ining debiti 0 dan 50 ming kub.m gacha oshdi.
G‘arbiy Toyloq-11 qudug‘ining debiti 0 dan 50 ming kub.m gacha oshdi.
G‘arbiy Toyloq-12 qudug‘ining debiti 0 dan 40 ming kub.m gacha oshdi.
Muvaffaqiyatli o‘tkazilgan pnevmatik sinovlardan so‘ng, 14 dekabr kuni «Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» (67 km) yo‘nalishidagi gaz uzatish quvuri ishga tushirildi.
Ikkita uzatish quvuri qurilishi davom etmoqda:
- «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
- «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km).
Qurilish ishlari kecha-yu kunduz mezonida olib borilmoqda.
14 dekabr holatiga ko‘ra jami:
- - Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 37,9 ming tn;
- - Keltirilgan quvurlar – 24,9 ming tn;
- - Kavlangan zovurlar – 71,4 km;
- - Qatorga payvandlangan quvurlar – 100,8 km;
- - Yotqizilgan quvurlar – 65,3 km ni tashkil etdi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
08:53 / 29.10.2022
EPSILON (EDC): Karakara-1 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 120 ming kubmetrni tashkil etdi
09:49 / 25.10.2022
EPSILON (EDC): Qirqquloch-4 qudug‘idan 50 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarila boshladi
10:43 / 23.10.2022
EPSILON (EDC): Nazarquduq-3 qudug‘idan 150 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarilmoqda
08:37 / 20.10.2022