EPSILON: «O‘zbekneftgaz» bilan birgalikda qazib chiqarish hajmi ko‘paytirilib, gaz uzatish infratuzilmasi ko‘lami kengaytirilmoqda
GRP usuli qo‘llanilganidan so‘ng, 15 dekabr kuni Sharqiy Ispanli va Oydin konlaridagi ikkita quduqning kunlik debiti 130 ming kub.m gacha ko‘tarildi. Qazib olinayotgan gaz hukumat qaroriga muvofiq to‘liq hajmda aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilmoqda.
Sharqiy Ispanli-22 qudug‘ining kunlik debiti 0 dan 80 ming kub.m gacha oshdi.
Oydin-3 qudug‘ining kunlik debiti 0 dan 50 ming kub.m gacha oshdi.
Uzatish quvurlari qurilishi davom etmoqda:
• «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
• «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km);
• «Talimarjon YP - Sho‘rtanneftgaz» (8 km).
Qurilish ishlari kechayu-kunduz mezonida olib borilmoqda.
15 dekabr holatiga ko‘ra jami:
• Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 40,5 ming tn;
• Keltirilgan quvurlar – 25,2 ming tn;
• Kavlangan zovurlar – 82,5 km;
• Qatorga payvandlangan quvurlar – 104,1 km;
• Yotqizilgan quvurlar – 69,7 km ni tashkil etdi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
08:53 / 29.10.2022
EPSILON (EDC): Karakara-1 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 120 ming kubmetrni tashkil etdi
09:49 / 25.10.2022
EPSILON (EDC): Qirqquloch-4 qudug‘idan 50 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarila boshladi
10:43 / 23.10.2022
EPSILON (EDC): Nazarquduq-3 qudug‘idan 150 ming kubmetr kunlik hajmda gaz qazib chiqarilmoqda
08:37 / 20.10.2022