Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaota ham qayta nomlanadimi? To‘qayev bunga izoh berdi
Qozog‘istonning eng yirik shahri – Olmaota (Almati) Ostona kabi xalq bilan muhokama qilinmagan holda qayta nomlanmaydi. Ostona joriy yilda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga Nur-Sulton deb qayta nomlangandi.
Gap shaharning hozirgi qozoqcha nomlanishi - Almatidan sobiq ittifoq davridagi nomi – Alma-Ataga o‘zgartirilishi haqida bormoqda.
Qozog‘iston prezident Qosim Jo‘mart-To‘qayev shahar aholining fikri inobatga olinmagan holda qayta nomlanmasligiga va'da berdi. Prezident shu tariqa yozuvchi O‘ljas Suleymenovning shaharning qayta nomlanishi g‘oyasini go‘yoki qo‘llab-quvvatlagani haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
To‘qayevning aytishicha, ayni vaqtda shaharni rivojlantirish bo‘yicha dolzarbroq masalalarga e'tibor qaratish lozim.
Olma-ota ma'muriyatida ham shahar nomini o‘zgartirish masalasi kun tartibida yo‘qligi aytilgan. Ayni vaqtda shaharni 2050 yilgacha rivojlantirish strategiyasi ustida faol ish olib borilmoqda.
Avvalroq Suleymenov uning Olmaotaga tarixiy nomi qaytarilishi g‘oyasini To‘qayev qo‘llab-quvvatlaganini ma'lum qilgan.
“Prezident To‘qayev bilan uchrashganimda biz bu masalani muhokama qildik va u ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Biroq buni xalqning o‘zi hal qilishi kerakligini aytdi. Meni shahar hokimi Baqitjon Sag‘intayev ham qo‘llab-quvvatladi”, deb aytgan yozuvchi.
Qozog‘istonda Janubiy poytaxtga Alma-ata nomi qaytarilishi masalasi bot-bot ko‘tarilib turadi. Shaharning qayta nomlanishi tarafdorlari “Alma-ata” nomida olmaning aport turi vujudga kelgan Olmaotaning o‘ziga xosligi ko‘rinib turishini ta'kidlashadi.
Shaharga avvalgi nomining qaytarilishiga qarshi chiquvchilar esa har qanday qayta nomlash o‘z ortidan budjet mablag‘laridan qo‘shimcha xarajatlarga olib kelishini ta'kidlashadi. Shu sababli ular shaharning nomini o‘zgartirmaslik kerak, deb hisoblashadi.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
08:30 / 21.03.2026
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
17:07 / 12.02.2026
Qozog‘istonda Konstitutsiyani yangilashmoqchi. Bu To‘qayevning hokimiyatini mustahkamlashi mumkin
18:06 / 03.02.2026