Joriy yilning aprel oyida hukumatdan ağdarilgan al-Başir muddatni qamoqda emas, axloq tuzatiş koloniyasida ötaydi, çunki Sudandagi qonunlarga köra 70 yoşdan oşgan kişi qamoqqa jönatilmaydi.

Sud şuningdek, töntariş vaqtida prezident qarorgohidan topilgan pullarni musodara qilişga qaror çiqargan. Öşanda tergovçilar qarorgohdan 6 mln yevro, 351 ming dollar va 5 mlrd sudan funti (105 mln dollar atrofida) miqdoridagi pulni olib ketişgandi.

Sud jarayoni vaqtida al-Başir pullarning asosiy qismi Saudiya Arabistoni podşohligining valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmondan kelgani haqida ma'lumot bergandi. Sobiq prezident pullarni öz ehtiyojlariga emas, xayriya maqsadida sarflab kelganini ta'kidlagan.

Umar al-Başir sud hukmini milliy oq libos kiygan va boşiga salla öragan holda tinglagan. U sud hukmiga e'tiroz bildirmagan.

Sud qarori çiqarilişi arafasida sobiq prezidentning yuzlab tarafdorlari Xartumdagi prezident saroyi oldida töplanişdi. Bu hududga harbiylar va harbiy texnika joylaştirilgan, saroyga kiriş yöli va Mudofaa vazirligi binosiga olib boradigan yöl tösib qöyilgan.

Sobiq prezidentning advokatlaridan biri sud hukmiga apellyatsiya berilişini bildirgan. «Sudya siyosiy sabablarga köra hukm çiqardi, ammo şunga qaramay biz hali Sudandagi sud tizimiga işonamiz», degan u jurnalistlarga.

Umar al-Başir şu yilning bahoridan buyon hibsda tutib turilibdi. Aprelda mamlakatda tört oy davom etgan namoyişlardan keyin davlat töntarişi röy bergan va mamlakatni 30 yil boşqargan prezident hokimiyatdan ketkazilgandi. Hozirda Sudanni boş vazir boşçiligidagi hukumat va suveren kengaş boşqarmoqda.

Al-Başirga 2018 yil dekabridan 2019 yil apreligaça davom etgan norozilik namoyişlari vaqtida namoyişçilarning öldirilişi böyiça ham ayblov qöyilgandi. 

Muvaqqat hukumat Başirni Gaagadagi xalqaro jinoiy sudiga topşirmaslikka qaror qildi. Xalqaro tribunal uni Darfur hududida yuz minglab odamlarning öldirilişi, genotsid va insoniyatga qarşi jinoyatlarda ayblamoqda.

Gap 2003-2006 yillarda muxolifat isyonçilari va hukumat örtasidagi nizo haqida ketmoqda. BMT hisobotiga köra, bu ziddiyat vaqtida qariyb 400 ming kişi halok bölgan, 2,7 mln kişi öz uylarini tark etişga majbur bölgan.