Sudanda vabo epidemiyasi oqibatida vafot etganlar soni 852 nafarga yetdi.
Sudan Soğliqni saqlaş vazirligi bayonotida, mamlakatda vabo bilan kasallanganlarning umumiy soni 29 ming 147 nafarga yetgani bildirildi.
Hisobotda vabo epidemiyasi oqibatida halok bölganlar sonining 852 nafarga yetgani qayd etilgan.
Sudanda iyun oyidan beri davom etayotgan yomğir va suv toşqinlari vabo kasalligi tarqalişiga olib keldi.
Sudan hukumati 12 avgust kuni vaboni epidemiya deb e’lon qildi.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi 1 oktyabr kuni 3,4 million sudanlik bola epidemik kasallik xavfi ostida ekanligini ma’lum qildi.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasi (YuNISEF) 5 oktyabr kuni Sudanga vaboga qarşi 1,4 million doza vaksina yuborganini e’lon qildi.
Uruş davom etayotgan Sudanda epidemiyalarning tarqalişi soğliqni saqlaş tizimi samarasiz bölgan davrda odamlarning hayotini qiyinlaştirmoqda.








