135 tennischi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishda gumon qilinmoqda
Professional tennischlar assotsiatsiyasining (ATP) yetakchi o‘ttiztaligiga kiruvchi tennischi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Die Welt nashri ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, ushbu tennischi hisobida ATP’ning uchta musobaqasidagi g‘oliblik bor.
Nashr ZDF nemis telekanali bilan bir nechta davlat, jumladan, Belgiya Ispaniya, Fransiya va AQShda bir yildan ko‘proqqa cho‘zilgan tergov o‘tkazgan. Uning natijalariga ko‘ra kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishda jami 135 tennischi gumon qilinmoqda.
Kelishilgan o‘yinlarni arman mafiyasi tashkillashtirgani taxmin qilinmoqda. Tergovga AQShning Federal qidiruvlar byurosi xodimlari ham jalb qilingan. Kelishilgan o‘yinlar haqidagi axborotni nemis tennischilaridan biri oshkor qilgan. Uning shaxsi sir tutilmoqda.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, tergov o‘z poyoniga yetmoqda, uning natijalari bir necha oydan keyin ma'lum qilinadi.
Nashr biror-bir ismni oshkor qilmayotganiga qaramay, yuqorida tilga olingan tennischi ta'rifiga bir necha tennischi mos kelmoqda: italiyalik Matteo Berrettini, argentinalik Diyego Shvarsman, avstraliyalik Aleks de Minor, fransuz Benua Per va gruzin Nikoloz Basilashvili.
Qayd qilib o‘tish joiz, tennisda kelishilgan o‘yinlarni tergov qilishga mas'ul tashkilot Tennis Integrity Unit (TIU) 2019 yilda 20 nafar tennischisini diskvalifitsiya qilgan.
Mavzuga oid
18:57 / 22.10.2024
Kolumbiyada Italiya mafiyasi yetakchisi qo‘lga olindi
08:00 / 05.08.2024
Rossiyalik tennischilar 2024 yilgi Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdi
10:15 / 15.05.2024
Italiyada mafiyaga a’zolikda gumon qilingan 100 dan ortiq kishi ushlandi
16:28 / 15.04.2024