Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi ish tashlashlar 600 kmlik tirbandlikni keltirib chiqardi
Fransiyada pensiya islohotiga qarshi 12 kundan beri davom etayotgan ish tashlash oqibatida Parijning Il-de-Frans regionidagi yo‘llarda 600 kmdan uzunroq tirbandliklar yuzaga keldi.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, 16 dekabr ertalabga kelib yo‘llardagi tirbandlik 630 kmgacha yetgan.
Fransiyada hukumat tomonidan e'lon qilingan pensiya islohotiga qarshi 5 dekabrdan boshlab umummilliy ish tashlashlar davom etmoqda. Bu islohot natijasida ba'zi fransuzlar, jumladan transport sohasi ishchilari pensiyaga chiqishdagi bir qator imtiyozlar va maxsus tartiblardan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Hokimiyat tanqidlarga islohot oz miqdordagi pensiyaga ega aholi qatlamlarini himoyalashga qaratilgani bilan javob qilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yelisey saroyi ish tashlashlar ortida islohotlarni bekor qilishga qaror qildi. Shundan keyin islohot kuratori Jan-Pol Delevua iste'foga chiqqan.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026