O‘zbekiston TIV Xabarovskda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlarning ommaviy hibsga olinishi to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda
Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi 12 dekabr kuni Xabarovsk shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolarining ommaviy hibsga olinishi bilan bog‘liq voqea to‘g‘risida axborot makonida tarqalgan xabarni tekshirmoqda.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining bildirishicha, vaziyat bosh konsulxona nazoratida.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.
Avvalroq, Qirg‘iziston OAV 12 dekabr kuni Xabarovskda maxsus bo‘linma xodimlari reyd davomida "IP Vasilev" kompaniyasining avtobus parkidan Markaziy Osiyodan bo‘lgan 73 nafar migrant haydovchini olib ketishganini xabar qilgandi. Aytilishicha, ularning aksariyati Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.
13 dekabr kuni Xabarovskdagi Qirg‘iziston konsulxonasiga 15 nafar fuqaro murojaat qilib, maxsus bo‘linma xodimlari kaltaklaganligini xabar qilgan. Ikki nafar fuqaro kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
16:19
Britaniya aholisi migrantlar hisobiga so‘nggi 50 yil ichida eng yuqori darajada o‘sdi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
21:22 / 04.10.2024
Rossiyada noqonuniy migratsiya tugatilgani e’lon qilindi
18:42 / 04.10.2024