Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda uran qazib olish taqiqlandi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda uran konlarini o‘zlashtirishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda Jeenbekovning matbuot xizmatidan “RIA Novosti” axborot agentligiga ma'lum qilingan.
Prezident apparati ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu qonundan maqsad aholi salomatligi va atrof-muhitni saqlash, radiatsiyaviy va ekologik xavfsizlikni ta'minlash hisoblanadi. Qonunga ko‘ra, Qirg‘iziston hududida uran va toriy konlarini qidirish va o‘zlashtirish, radioaktiv moddalarni saqlash va mamlakatga shunday turdagi xomashyo va chiqindilarni olib kirish taqiqlanadi.
Qirg‘izistonning Issiq-ko‘l viloyatida “YurAziya” kompaniyasi tomonidan uran konining o‘zlashtirilishi mahalliy aholi tomonidan keskin qarshilikka uchragandi. Shu sababli 2019 yil mart-aprel oylarida uran qazib olinishiga qarshi ko‘plab namoyishlar bo‘lib o‘tgan.
Ekofaollarning ta'kidlashicha, Qirg‘izistonda yemirilib, ekologiyaga zarar yetkazayotgan radioaktiv moddalar saqlanuvchi yuzlab joylar mavjud. Ularning fikricha, uran qazib oluvchi yangi korxona nafaqat ekologiyaga, balki Issiq-ko‘lning turistik imijiga ham zarar yetkazgan.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
18:09 / 07.01.2026