O‘zbekiston | 19:53 / 18.12.2019
9028
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi qurilish obektida saylov: migrantlar deputatlardan nima kutmoqda?

Vakillik organlariga saylovda muddatidan oldin ovoz berish bugun, 18 dekabr kuni to‘xtatildi. Jarayon saylovga o‘n kun qolganda, 12 dekabrdan boshlangan edi.

Muddatidan oldin ovoz berish tadbirlari bir hafta davomida xorijiy mamlakatlarda ham bo‘lib o‘tdi – chet eldagi o‘zbeklar ko‘p yashaydigan shaharlar va muayyan nuqtalarda sayyor saylov uchastkalari tashkil etildi.

Jumladan, 17 dekabr kuni Moskva shahridagi «Serdse stolitsy» turar-joy majmuasi qurilishida ishlayotgan o‘zbekistonlik saylovchilar uchun qurilish obektida ham muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz muxbiri 146-sonli saylov uchastkasida bo‘lib, qurilishda ishlayotgan saylovchi-migrantlar bilan suhbatlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz muxbirlari bundan oldin Moskva shahrida yashayotgan saylovchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazgan edi.

Shuningdek, Janubiy Koreya, Turkiya, AQSh, Kanada va Tatariston kabi mamlakatlardagi muddatidan oldin saylov jarayonlari haqida ham ma'lumot berilgan edi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid