20:02 / 20.12.2019
0
9121

Arteta rasman «Arsenal» bosh murabbiyi

Mikel Arteta rasman «Arsenal» bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bungacha «Manchester Siti»da Pep Gvardiolaga yordam berib kelgan 37 yoshli ispaniyalik mutaxassis London klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi.

Arteta futbolchilik faoliyati davomida 2011-16 yillarda «kanonirlar» sharafini himoya qilgan. Faoliyatini yakunlaganidan keyin esa «Manchester Siti»da Pep Gvardiolaning murabbiylar shtabidan joy oldi.

«Arsenal» APL 17-turidan keyin 22 ochko bilan 10-o‘rinni band etib turibdi. 29 noyabr kuni London klubi Unai Emerini iste'foga chiqargach, bosh murabbiy vazifasini vaqtinchalik Fredrik Yungberg bajarayotgandi. Londonliklar so‘nggi 12 o‘yinda bor yo‘g‘i bitta g‘alabaga erishishdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top