Iqtisodiyot | 11:46 / 20.12.2019
11189
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON: Qo‘ltaq-Qamashi investitsiya blokidagi Hujum-4 yangi ekspluatatsiya qudug‘ida kunlik debiti 700 ming kub.m bo‘lgan gaz olindi

Kompaniya mutaxassislarining Hujum konida olib borgan burg‘ilash ishlari qisqa muddatlarda amalga oshirildi. Mahsuldor qatlamning gorziontal qudug‘i 205 metr uzunlikda burg‘ilanib, qatlamni gidravlik yorish usuli qo‘llanildi. Mazkur burg‘ilash texnologiyasi gaz qazib olish maydonini kengaytirib, quduq debitining oshirish imkonini beradi.

Hujum-4 qudug‘idan gazning sanoat oqimini olinishi konning konturini kengayishi, uning zahiralarini ortishi, shuningdek, tabiiy gaz bilan O‘zbekiston aholisini ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirishga omil bo‘ladi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid