Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada tezlikni oshirganlik uchun jarima solinmaydigan chegara pasaytiriladi
Tezlikni oshirganlik uchun jarima solinmaydigan chegara soatiga 20 kilometrdan 10 kilometrga pasaytiriladi, deb ma'lum qildi Rossiya bosh vaziri Maksim Akimov.
Akimovning so‘zlariga ko‘ra, "o‘zini rivojlangan deb biluvchi hech bir mamlakatda jarima solinmaydigan bunday katta tezlik chegarasi yo‘q".
Akimov kelgusi yil davomida qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilishini aytdi.
Alohida tezlik rejimi uchun chegarani pasaytirish huquqini federal ahamiyatga ega shaharlar yoki federatsiya sub'yektlari poytaxtlariga va yoki barcha shaharlarga berish taklif qilinmoqda.
Tezlikni soatiga o‘n kilometrdan oshirgani uchun jarima solish to‘g‘risidagi masala hukumat komissiyasi darajasida ko‘rib chiqiladi. Transport vazirligi bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda, IIV esa qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
09:50 / 06.07.2026