Ijtimoiy tarmoqlarda so‘m denominatsiya qilinishi haqida xabarlar tarqaldi, Markaziy bank raddiya berdi
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari 2020 yil 1 yanvardan plastik kartadagi pullardan avtomatik ravishda to‘rtta nol yo‘qolishi to‘g‘risidagi xabarni tarqata boshladi.

«Tasdiqlanmagan ma'lumotga ko‘ra, yangi pul birligi 10000:1 nisbatda muomalaga kiritiladi. Gap-so‘zlarga ko‘ra, eski va yangi so‘mlar 2020 yil davomida parallel ravishda amal qiladi. Plastik kartadagi pullar 2020 yil 1 yanvardan avtomatik ravishda to‘rtta nolni yo‘qotadi. Hozirda muomalada bo‘lgan 500, 1000, 5000, 10000, 50000 va 100000 so‘mlik pullar 2020 yil 31 dekabrga qadar parallel ravishda amalda bo‘ladi. Denominatsiyadan keyin 1000 so‘m - 10 tiyinga, 10000 so‘m – yangi 1 so‘mga teng bo‘ladi. 100 AQSh dollari 90 so‘m atrofida bo‘ladi», - deyiladi Facebook’dagi ayrim guruhlarda tarqalgan xabarda.

O‘zbekiston Markaziy banki 21 dekabr kuni ushbu xabarlarga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, «ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas».
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan pul birligining denominatsiya qilinishi to‘g‘risidagi xabarlar borasida quyidagilarni ma'lum qiladi. Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan», deyilgan Markaziy bank xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil boshida qator OAVda prezident Shavkat Mirziyoyev 100 000 so‘mlik yangi kupyurani valutaning keyinchalik denominatsiyasi bilan chop etish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani haqida xabarlar paydo bo‘lgan, O‘zbekiston Markaziy banki milliy valutaning denominatsiyasi yuz bermasligini ma'lum qilgandi.
Mart oyi boshlarida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov O‘zbekistonda milliy valutaning denominatsiyasini o‘tkazish vazifasi qo‘yilmaganini bildirdi.
Avgust oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham Markaziy bank raisi “Denominatsiya haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bu hech kimning xayoliga ham kelgani yo‘q”, - degandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 20:46
-
Tagliklar, tish cho‘tkalari va boshqa “xavfli” tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi
Iqtisodiyot | 20:45
-
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 20:04
Mavzuga oid

17:02 / 29.05.2024
So‘m dollarga nisbatan ketma-ket beshinchi kun mustahkamlandi

21:02 / 06.02.2024
O‘zbek so‘mi dollarga nisbatan sezilarli darajada pasaygan valutalar qatoridan joy oldi

15:30 / 12.06.2023
Markaziy bank denominatsiya haqidagi mish-mishlarni rad etdi

11:41 / 04.10.2021