Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti rasman ochildi
Bugun, 21 dekabr kuni, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Chimyon” dam olish maskani negizida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Aktota Raimqulova, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, “PGI Management” kompaniyasi rahbari Tomas Tor-Yyensen hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar. Marosimni Aziz Abduhakimov ochib berdi.


“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti ikki yil oldin Prezident tashabbusi bilan boshlangan loyiha edi. Uning 2 ta bosqichining birinchisi o‘z nihoyasiga yetkazildi. Bunga 80 mln yevrodan ortiq investitsiya kiritildi. Hukumat tomonidan yo‘l, elektr quvvati infratuzilmasi ham yaratib berildi. Ushbu kurort 800 gektardan ortiq maydonni egallagan bo‘lib, 580 o‘ringa mo‘ljallangan.
Mavzuga oid: Fotojamlanma: “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti mehmonlarga xizmat ko‘rsatishni boshladi
Kurortning bir nechta muhim jihatlarini sanab o‘tmoqchiman. Birinchisi, ijtimoiy ahamiyati: mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi shaxobchalar ochilishi evaziga mahalliy aholi uchun ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ikkinchisi, iqtisodiy ahamiyati: transport va boshqa turdagi xizmatlardan keladigan daromad iqtisodiyotga foyda olib keladi. Uchinchisi, turizm salohiyati: ilgarilari O‘zbekistonga asosan, bahor va yozda sayyohlar kelardi. Endilikda kurort ochilishi munosabati bilan qishda ham sayyohlarni kutib olish imkoniyatimiz bor. Shu tariqa O‘zbekistonda yil bo‘yi turistik oqim to‘xtamaydi, deb umid qilamiz”, - deya uning so‘zlarini keltirmoqda kun.uz muxbiri.

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortini ishga tushirish uchun Italiya, Germaniya, Avstriya, Argentina, Ispaniya va Daniya kabi davlatlardan yetakchi loyihachi kompaniyalar jalb etilgan bo‘lib, xavfsizlik masalalariga alohida ahamiyat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni olib boriladigan profilaktik va hududni tozalash ishlari tufayli “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti o‘z faoliyatini to‘xtatib turadi va mehmonlarning hududga kirishi taqiqlanadi. 23 dekabrdan kurort faoliyatini davom ettiradi.





Mavzuga oid
13:46 / 12.01.2026
Statistika: O‘zbekistonda turistik agentliklar xizmatlari keskin oshdi
15:42 / 09.01.2026
“Sinxua”: 1–3 yanvarda O‘zbekistonga aviachipta bronlari 2 baravar ko‘paydi
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
23:02 / 05.01.2026