19:03 / 21.12.2019
0
5279

Hiddink PSVga qaytdi

PSV o‘z rasmiy saytida klubning sobiq futbolchisi va murabbiyi Gus Hiddink jamoaga qaytganligini e'lon qildi.

73 yoshli mutaxassis yanvar oyidan boshlab jamoada maslahatchi vazifasini bajaradi.

Hiddinkning so‘nggi ish joyi Xitoy olimpiya jamoasi bo‘lgan edi, u 2018 yil sentabr oyida qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarilgandi.

Hiddink murabbiylik faoliyati davomida «Feyyenoord», «Valenmiya», «Real», «Betis», «Chelsi», «Anji» kabi klublarni, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Rossiya va Turkiya milliy jamoalarini boshqargan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top