Jahon | 20:11 / 21.12.2019
8969
1 daqiqa o‘qiladi

Joan Rouling dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchilari reytingida yetakchi bo‘ldi

Foto: Getty Images

Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling Forbes jurnalining 2019 yildagi eng ko‘p haq to‘lanuvchi yozuvchilari reytingida birinchi o‘ringa joylashdi.

Rouling Nyu-Yorkdagi Brodvey teatridagi spektaklga sotilgan chiptalar, 2,8 mln nusxadagi kitoblari Harri Potterga bag‘ishlangan ko‘ngilochar parkdan kelgan daromad hamda ekranlashtirilgan kitoblari kassa yig‘imlaridan tushgan tushum ortidan yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Uning jami daromadi 92 mln dollarni tashkil etdi.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Bill Klinton bilan hammualliflikda “Prezident yo‘qolib qoldi” romanini yozgan amerikalik Jyeyms Patterson egalladi. Uning daromadi 70 mln dollar deb baholanmoqda.

“Tiklanish” kitobi sotuvi orqali 36 mln dollar ishlagan AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama uchinchi o‘rindan joy oldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid