O‘zbekiston | 10:07 / 21.12.2019
7174
16 daqiqa o‘qiladi

Suvinspeksiyaning asosiy vazifalari belgilanmoqda

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, Suvinspeksiya ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasida davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga hisobot beradi.

Suvinspeksiya qabul qilingan vakolatlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.

Suvinspeksiya markaziy apparati Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li 1 uyda joylashgan.

Suvinspeksiya tizimiga Suvinspeksiyaning markaziy apparati va hududiy inspeksiyalari kiradi.

Suvinspeksiyaning asosiy vazifa va funksiyalari

Quyidagilar Suvinspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga doir qonun hujjatlari hamda normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi bo‘yicha;

suv ta'minoti va kanalizatsiya tashkilotlari tomonidan texnologik jarayonni takomillashtirishga va energiyani tejashga yo‘naltirilgan suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarining texnik auditdan o‘tkazilishi bo‘yicha;

suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimiga ulanishning texnik shartlari talablariga rioya etilishi, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulanib olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha;

suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarining holati va ularni ishlatish shart-sharoitlari, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimidagi buzilishlar va avariyalarning profilaktikasi hamda ularning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlarning amalga oshirilishi, ichimlik suvi yo‘qotilishining belgilangan normalariga rioya etilishi bo‘yicha;

mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, yerosti suvlari quduqlarining holati va ularni ishlatish shart-sharoitlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Suvinspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Ichimlik suv ta'minoti sohasida:

suv ta'minoti korxonalari tomonidan ichimlik suvini ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

mulkchilik shaklidan qat'iy nazar iste'molchilar tomonidan ichimlik suvdan foydalanish (iste'mol qilish) borasida belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

ichimlik suvidan oqilona, samarali va faqatgina ruxsat etilgan maqsadlar uchun foydalanish (iste'mol qilish) yuzasidan nazorat o‘rnatish;

ichimlik suv ta'minoti tizimi obektlaridan foydalanish qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish;

ichimlik suv ta'minoti tizimi obektlari belgilangan darajada muhofaza etilganini va ular orqali iste'molchilar uchun xavfsiz xizmatlar ko‘rsatilishini nazorat qilish;

suv ta'minoti korxonalari tomonidan ichimlik suv ta'minoti obektlarida, iste'molchilarga markazlashgan xolda suv yetkazib beruvchi quvurlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishini nazorat qilish;

suv ta'minoti korxonalari tomonidan ichimlik suv ta'minoti tizimi obektlarida, iste'molchilarga markazlashgan xolda suv yetkazib beruvchi quvurlarda sodir bo‘lgan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish;

suv ta'minoti korxonalari tomonidan ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarida, iste'molchilarga markazlashgan xolda suv yetkazib beruvchi quvurlarda sodir bo‘lgan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish;

suv ta'minoti korxonalari tomonidan ichimlik suv sifatini o‘z vaqtida laboratoriya tahlilidan o‘tkazilishini nazorat qilish;

suv sifatini aniqlash maqsadida tarmoqlardan namunalar olish nuqtalarini ro‘yxatini kelishish;

suv ta'minoti korxonalarining tegishli xodimlari belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligini nazorat qilish;

suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari va xarajatlarning hajmini tahlil qilish;

suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari uchun tariflarni to‘g‘ri va adolatli shakllanishida nazorat o‘rnatish;

suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari uchun tariflarni deklaratsiya qilinishida va tasdiqlash uchun taqdim etishda nazorat o‘rnatish;

suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari uchun tariflar o‘zgarishi bo‘yicha iste'molchilarni o‘z vaqtida ogohlantirishda nazorat o‘rnatish;

suv ta'minoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berishda ishtirok etish;

suv ta'minoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklari tomonidan sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilinishida yagona davlat nazoratini o‘rnatish;

tegishli davlat idoralariga davlat xususiy sheriklikni to‘xtatish bo‘yicha taklif va ko‘rsatmalar kiritish;

ichimlik suv ishlab chiqarish va iste'mol uchun olingan, ishlab chiqarilgan, yo‘qotilgan, yetkazib berilgan va realizatsiya qilingan suv miqdori haqidagi ma'lumotlarni yuritilishida nazorat o‘rnatish;

suv miqdorini o‘lchash (hisoblash) uskunalari metrologiya talablari doirasida ishlashi ustidan nazorat ishlarini amalga oshirish;

ichimlik suvni texnologik yo‘qotishni hisoblashda tartib o‘rnatish hamda bu borada me'yorlarni belgilashda ishtirok etish va kelishish;

ichimlik suvni texnologik yo‘qotish me'yorlariga amal qilinishida nazorat o‘rnatish;

suv ta'minoti korxonalari tomonidan iste'molchilarni ichimlik suv tarmoqlariga ulash talablariga amal qilinishini nazorat qilish;

ichimlik suv tarmoqlariga ulash bo‘yicha berilgan texnik shartlar talablariga amal qilmagan holda ulanish va foydalanish holatlarini aniqlash tadbirlarini olib borish;

ichimlik suv tarmoqlariga noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash tadbirlarini amalga oshirish;

ichimlik suv ta'minoti xizmatlaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish holatlarini aniqlash va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish;

ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi tashkilotlari, ularning bo‘linmalarini sohaga oid texnik, xizmat va boshqa tegishli hujjatlar bilan ta'minlanishi yuzasidan nazorat o‘rnatish;

o‘tkazilgan texnologik audit natijalariga asosan, ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarining samaradorligini oshirish va ularda energiya tejash bo‘yicha taklif hamda xulosalar ishlab chiqish;

o‘tkazilgan texnik audit natijalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda boshqa tegishli idora va tashkilotlar tomonidan texnik va ma'naviy eskirgan obektlar, texnika-texnologiyalar, asbob va uskunalarning foydalanishdan chiqarish, shuningdek energiya tejovchi texnika-texnologiyalar joriy etishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqilishi va bajarilishi bo‘yicha nazorat ishlarini amalga oshirish;

egasiz, muhofazasiz va sifatsiz suv ishlab chiqaruvchi inshootlarni aniqlash tadbirlarini amalga oshirish;

egasiz, muhofazasiz va sifatsiz suv ishlab chiqaruvchi inshootlardan egalik huquqi asosida, samarali va iste'molchilar uchun xavfsiz tarzda foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

hisobga olinmagan, shartnomasiz va noqonuniy ulangan suv ta'minoti iste'molchilari tomonidan suv ta'minoti korxonalariga keltirilgan zararni hisoblanishini tashkil etish;

aholi yashash joylarini markazlashgan ichimlik suv bilan ta'minlanganligini muntazam o‘rganib borish;

aholi yashash joylariga ichimlik suv tizimlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, mutasaddi tashkilotlarga kiritish;

keng jamoatchilik orasida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ta'lim maskanlarida, xususan yoshlar orasida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

akkreditatsiya sohasiga muvofiq ichimlik suvlarni sifatini o‘rganish va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish;

ichimlik suv ta'minoti sohasini tartibga soluvchi qonun va normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish, ularni takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirish;

ichimlik suv ta'minoti xizmatlaridan oqilona foydalanish va iste'mol qilish hamda ushbu sohaga ilg‘or texnologiyalarni olib kirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.

2) Kanalizatsiya xizmati sohasida:

kanalizatsiya xizmati ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

kanalizatsiya tizimi obektlaridan foydalanish qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish;

kanalizatsiya tizimi obektlari belgilangan darajada muhofaza etilganligini nazorat qilish va ular orqali iste'molchilar uchun xavfsiz xizmatlar ko‘rsatilishini nazorat qilish;

kanalizatsiya tizimi obektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishini nazorat qilish;

kanalizatsiya tizimi obektlarida sodir bo‘lgan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish;

oqova suv tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning me'yordan ortiqcha oqizilishini cheklash hamda bu borda lokal zararsizlantirish inshootlaridan foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlarini amalga oshirish;

mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxona va tashkilotlar tomonidan oqizilayotgan oqova suvlarni tahlildan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;

oqova suv tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning me'yordan ortiqcha oqizish holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlar hisoblanishini tashkil etish;

suv ta'minoti korxonalari tomonidan oqova suv tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning me'yordan ortiqcha oqizishni oldini olish va bu borada kompensatsiya to‘lovlarni hisoblanishini nazorat qilish;

kanalizatsiya tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berishda ishtirok etish;

kanalizatsiya tizimlarini davlat-xususiy sheriklari tomonidan sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilinishida yagona davlat nazoratini o‘rnatish;

suv ta'minoti korxonalari tomonidan iste'molchilarni kanalizatsiya tarmoqlariga ulash talablariga amal qilinishini nazorat qilish;

kanalizatsiya tarmoqlariga ulash bo‘yicha berilgan texnik shartlar talablariga amal qilmagan holda ulanish va foydalanish holatlarini aniqlash tadbirlarini olib borish;

kanalizatsiya tarmoqlariga noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash tadbirlarini amalga oshirish;

kanalizatsiya xizmatlaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish holatlarini aniqlash va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish;

hisobga olinmagan kanalizatsiya xizmatlari iste'molchilari tomonidan suv ta'minoti korxonalariga keltirilgan zararni hisoblanishini tashkil etish;

aholi yashash joylarini markazlashgan kanalizatsiya bilan ta'minlanganligini muntazam o‘rganib borish;

aholi yashash joylariga kanalizatsiya tizimlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, mutasaddi tashkilotlarga kiritish;

kanalizatsiya xizmatlari sohasini tartibga soluvchi qonun va normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish, ularni takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirish;

kanalizatsiya xizmatlaridan belgilangan tartibda foydalanish hamda ushbu sohaga ilg‘or texnologiyalarni olib kirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.

3) Yer osti quduqlari va suvlaridan foydalanish sohasida:

ichimlik suv ta'minotidagi yer osti quduqlarining saqlanishi, foydalanilishi va muhofazasini nazorat qilish;

ichimlik suv ta'minoti maqsadlari uchun ishlatilayotgan yer osti quduqlarni va kuzatuv quduqlarini yo‘q qilib yuborish yoki shikastlantirishni oldini olish tadbirlarini amalga oshirish;

ichimlik suv ta'minoti maqsadlari uchun yaroqsiz quduqlarni konservatsiyalashga yoki yo‘q qilishga doir choralarni bajarilishini nazorat qilish;

ichimlik suv ta'minoti maqsadlari uchun sifatli yer osti suvlari hosil bo‘ladigan tegrada yer osti suvlari ifloslanishining yoki sifati yomonlashishining manbai bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jaligi inshootlarini va boshqa obektlarni joylashtirishni cheklash tadbirlarini amalga oshirish;

ichimlik suv va kanalizatsiya maqsadlari uchun suv quduqlarini burg‘ilashning belgilangan qoidalari va texnologiyasiga amal qilinishida nazorat o‘rnatish;

ichimlik suv va kanalizatsiya maqsadlari uchun yer osti quduqlari burg‘ulash ishlarini ruxsatnoma va ekologik ekspertiza asosida amalga oshirilishini nazorat qilish;

yer osti suvlaridan foydalanishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilinishida nazorat o‘rnatish;

yer osti suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

4) Ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya obektlari qurilishi hamda rekonstruksiya qilish sohasida:

ichimlik suv va kanalizatsiya obektlari qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat dasturlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirishda ishtirok etish;

ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarini, qurish va rekonstruksiya qilishning loyiha va smeta hujjatlari tuzilishida nazorat o‘rnatish;

ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarini, qurish va rekonstruksiya qilishda salohiyatli pudrat tashkilotlarni jalb etishda nazorat o‘rnatish;

ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarini, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini belgilangan talablarga asosan hamda loyiha hujjatlariga amal qilgan holda amalga oshirilishida nazorat o‘rnatish;

davlat dasturlari asosida ichimlik suv va kanalizatsiya obektlari qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini belgilangan talablar asosida o‘z muddatida bajarilishi ustidan nazoratdan o‘rnatish;

ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlarini belgilangan muddatlarda topshirilishida nazorat o‘rnatish;

5) Respublikada yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish sohasida:

respublikada yagona davlat suv fondining axborot tizimiga suvlarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga taqdim etilgan ma'lumotlarni aniqligi ustidan nazorat o‘rnatish;

yagona davlat suv fondining axborot tizimiga taqdim etilgan suvning miqdori, uning xavfsizligi va sifati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga taqdim etish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish, bu borada vakolatli organlar va tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish;

6) Huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish, shuningdek ma'muriy huquqbuzarlik va moliyaviy jarimalar bo‘yicha ishlarni yuritish sohasida:

ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi obektlari qurish va rekonstruksiya qilish, jumladan yer osti quduqlarini burg‘ilash, ichimlik suv hisobini yuritish va uning limitlariga qilish, suv ta'minoti inshootlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish, suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga ulanish talablarini buzish holatlariga nisbatan ma'muriy va moliyaviy jarima choralar qo‘llash;

ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha va moliyaviy jarimalarni qo‘llashga doir ishlarni yuritadi, vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqadi va ma'muriy hamda moliyaviy jazolarni qo‘llash;

jarimalar qo‘llash bo‘yicha ishlarni yuritilishi amaliyotini tahlil qilish, qo‘llanilgan jarimalar hisobini olib borish hamda bu borada yagona amaliyotni shakllantirish;

vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish;

ma'muriy ishlar va moliyaviy jarimalar bo‘yicha ishlarni yuritishda rasmiylashtiriladigan hujjatlarni namunalarini ishlab chiqish;

ma'muriy ishlarni yuritish tartib tamoyillarini doimiy ravishda o‘rganib borish, ushbu masalaga tegishli hujjatlarni takomillashtirish;

kanalizatsiya tarmoqlariga me'yoridan ortiq ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarni oqizish holatlari uchun belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash.

Mavzuga oid