Chirchiqda deputatlikka nomzod saylov kuni tashviqot o‘tkazgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Bugun, 22 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda saylovlardagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga tushayotgan murojaatlar haqida ma'lumot berilgan edi.
«Chirchiq shahridagi 197- va 198-saylov uchastkalarida Chirchiq shahar kengashiga nomzod Daftirov Sardor Ravshan o‘g‘li tashviqot tadbirlarini olib borayotgani haqida murojaat bo‘ldi. Murojaat zudlik bilan nazoratga olindi hamda prokuratura organlariga yuborildi. Natijasi haqida qo‘shimcha axborot beriladi», – degandi MSK Kotibiyat mudiri Xudoyor Mamatov.
Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, mazkur holat Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Aniqlanishicha, S.Dastirovning nomzodi Chirchiq shahar kengashiga «Adolat» sotsial demokratik partiyasidan 3-sonli saylov okrugi 183-sonli saylov uchastkasidan ko‘rsatilgan bo‘lib, 197 va 198-sonli saylov uchastkalaridan nomzodi qo‘yilmagan.
S.Dastirov o‘z tushuntirishida 22 dekabr kuni Chirchiq shahridagi saylov uchastkalarida tashviqot ishlarini olib bormaganini, kun davomida 2-sonli oilaviy poliklinika binosida tashkil etilgan «Adolat» SDP shahar kengashining kichik shtabida bo‘lganligini bayon qilgan.
Buni «Adolat» SDPdan nomzod O‘ktam Tojiboyev ham tasdiqlagan. Qolaversa, yana 9 nafar fuqaro yuqoridagi kabi tushuntirish berishgan.
Bundan tashqari, 197- va 198-sonli saylov uchastkalari raislari va a'zolari ham shunday mazmundagi ma'lumotnoma taqdim etishgan.
Shu tariqa, prokuratura surishtiruvida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan ma'lumot o‘z tasdig‘ini topmagan.
Mavzuga oid

12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

09:47 / 16.01.2025
Chirchiq shahridagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi

17:14 / 20.11.2024