Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saylov yuzasidan sudlarga kelib tushgan 7ta arizadan 2tasi qanoatlantirildi
Oliy sud raisi Kozimjon Komilov saylov bilan bog‘liq ishlarning ko‘rib chiqilishi yuzasidan ma'lumot berdi.
«Saylov bilan bog‘liq ma'muriy nizolar hamda huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqish ma'muriy sudlar sudloviga taalluqlidir. Bugungi kunda respublika bo‘yicha 213ta ma'muriy sudlar tashkil etilgan bo‘lib, 278ta sudyalik lavozimlari shtati belgilangan (13ta sudyalik lavozimi vakant).
Oliy sud raisining 2019 yil 13 dekabrdagi 35-sonli farmoyishiga asosan saylov o‘tkazilishi munosabati bilan sudlarga kelib tushadigan murojaatlarni qisqa muddatlarda va qonuniy ko‘rib chiqilishini ta'minlash maqsadida Oliy sudda hamda barcha sudlarda shtablar tuzilib, 2019 yil 16 dekabrdan 2020 yil 3 yanvarga qadar barcha viloyatlar va ularga tenglashtirilgan ma'muriy sudlar, tuman (shahar) ma'muriy sudlarida uzluksiz navbatchilik tashkil etildi», – dedi Kozimjon Komilov.
Mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun qisqartirilgan muddatlar belgilangan bo‘lib, ular shikoyat kelib tushganidan keyin 3 kun ichida, saylovga kamida 6 kun qolganida esa darhol ko‘rib chiqilishi kerak. Shikoyat bergan shaxslar shikoyatni ko‘rib chiqishda bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
«Hozirgi kunga qadar saylov kompaniyasi boshlangandan buyon sudlarga tuman (shahar), viloyat Xalq deputatlari kengashi saylovini o‘tkazish va tashkil etish bilan bog‘liq 7ta shikoyat kelib tushdi», deb ma'lum qildi Komilov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur shikoyatlarda quyidagi talablar bildirilgan:
– saylovda nomzodlarni okrug bo‘yicha taqsimlash haqidagi qarorni haqiqiy emas deb topish va nomzodni ro‘yxatga olish majburiyatini yuklash haqida;
– saylov okruglari bo‘yicha ro‘yxatga olingan nomzodlarning ro‘yxatini okruglar bo‘yicha noto‘g‘ri taqsimlangani sababli haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida;
– saylov okrugidan tuman Kengashi deputatligiga nomzodi qo‘yilishida ifodalangan xatti-harakatini g‘ayriqonuniy deb topish hamda uning nomzodini saylov okrugidan chiqarish majburiyatini yuklash haqida;
– deputatlikka nomzod tomonidan berilgan O‘zLiDeP Shofirkon tuman Kengashining 2019 yil 21 oktyabrdagi yig‘ilish bayonnomasi va qarorining 8-bandini g‘ayriqonuniy deb topish hamda o‘zining nomzodini ko‘rsatgan holda tuzatish kiritish majburiyatini yuklash haqida;
– deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish haqidagi qarorni haqiqiy emas deb topish haqida;
– deputatlikka nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishdan iborat harakatini g‘ayriqonuniy deb topish hamda saylov komissiyasi zimmasiga nomzodni tiklash majburiyatini yuklash haqida;
– deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olmaganligi, guvohnoma bermaganligidan iborat harakatini g‘ayriqonuniy deb topish hamda saylov komissiyasi zimmasiga nomzodni tiklash majburiyatini yuklash haqida.

Ya'ni saylov kampaniyasining birinchi bosqichida sudlarga asosan deputatlikka nomzodlar murojaat qilgan.
Ushbu murojaatlar bo‘yicha ma'muriy ishlar qo‘zg‘atilib, barchasi qonunda belgilangan muddatda ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2ta ish yuzasidan ish yuritish tugatilgan (1tasi arizachi talabidan voz kechganligi sababli, 1 tasi ish ma'muriy sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli). 3tasi bo‘yicha arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, 2tasi bo‘yicha arz qilingan talab qanoatlantirilgan.
3ta ma'muriy ish apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Bugungi kunda ushbu ko‘rilgan ishlar bo‘yicha Oliy sudga nazorat shikoyatlari kelib tushmagan.
Mavzuga oid
19:00 / 19.05.2026
Kreativ iqtisodiyot uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilgan qonun ma’qullandi
20:14 / 06.05.2026
Oliy sud sovet davri qatag‘on qurbonlaridan 161 nafarini oqladi
16:21 / 10.04.2026
Toshkent tumanida bog‘cha mudirasi 13 mln so‘mni o‘zlashtirishda ayblangandi. Oliy sud uni oqladi
22:52 / 01.04.2026