Fan-texnika | 22:53 / 24.12.2019
21255
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng xaridorgir smartfon ma'lum qilindi 

Counterpoint Research kompaniyasi 2019 yilning 3-choragida eng ko‘p sotilgan smartfonni ma'lum qildi. Avvalgi ikkita chorakda yetakchilik qilgan iPhone XR 3-chorakda ham eng xaridorgir smartfon bo‘ldi.

iPhone XR 2019 yilning iyul-sentabr oylari natijalariga ko‘ra dunyoda sotilgan barcha smartfonlarning 3 foizini tashkil qilgan. 

Umuman olganda, eng xaridorgir smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. iPhone XR (bozorning 3 foizi )
2. Samsung Galaxy A10 (2,6 foizi)
3. Samsung Galaxy A50 (1,9 foizi)
4. Oppo A9 (1,6 foizi)
5. iPhone 11 (1,6 foizi)
6. Oppo A5s (1,5 foizi)
7. Samsung Galaxy A20 (1,4 foizi)
8. Oppo A5 (1,3 foizi)
9. Xiaomi Redmi A7 (1,2 foizi)
10. Huawei P30 (1,1 foizi)

E'tiborlisi, o‘tgan yil chiqqan iPhone XR’ni Apple’ning yangiroq modellari ortda qoldira olmagan: iPhone 11 5-o‘rinni egallagan, iPhone 11 Pro va 11 Pro Max umuman reytingga kirmagan. Bu esa talab flagman smartfonlardan arzonroq smartfonlar tomon ko‘chganini anglatadi. 

Shuningdek, Samsung’ning birvarakay uchta modeli: Galaxy A10, A50 va A20 o‘ntalikka kirgan. 

Mavzuga oid