Jahon | 19:00 / 24.12.2019
40735
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Rossiya bilan ittifoq qurganidan so‘ng pastga qulash boshlangani haqida gapirdi

Foto: AP Photo/Ronald Zak

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskva har yili Minskka nisbatan bosim o‘tkazishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Belarus o‘rtasida tovar ayirboshlashdagi defitsit 9 mlrd dollarga yetgan.

"Ya'ni biz sizlarga sotganimizdan ko‘ra 9 mlrd dollarga ko‘proq sotib olamiz. Amerika-Xitoy nizosining sababi ham tovar ayirboshlashdagi defitsit. Iqtisodiy nuqtai nazardan bu mutlaq bir xil narsa. Demak, savol – biz bundan nima oldik? Nima oldik, sizlar har safar, har yili bizga bosim o‘tkazishni boshlaysizlar" – dedi Lukashenko "Exo Moskvi" radiostansiyasiga bergan intervyusida.

"Ittifoq qurganimizdan buyon... hamma narsa pastga qarab ketyapti", dedi u. 

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofiga pragmatiklar, bozorchilar to‘planib olishib, ularsiz yashay olamiz, bizga Belarus kerakmas, unga asta-sekin bosim o‘tkazamiz – uning iqtisodiyoti yaxshi, kelinglar energiya narxini oshiramiz, deb hisoblashdi", - dedi Lukashenko.

Belarus prezidenti o‘z intervyusida shuningdek, Rossiyaning mamlakat hududida harbiy baza qurish taklifi to‘g‘risida ham o‘z fikrini bildirdi. 

Mavzuga oid