Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hayotdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ba'zi narsalarni «boshqacharoq tarzda to‘g‘rilash mumkin edi».

Avvalroq Putin matbuot anjumani davomida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish zarurati bor-yo‘qligi to‘g‘risida berilgan savolga javoban prezident hokimiyati muddatini cheklash to‘g‘risidagi moddadan «ketma-ket» degan so‘zni olib tashlashni, shu tarzda ikki marta saylangan sobiq prezidentning Kremlga qaytishini imkonsiz qilib qo‘yishni taklif qilgandi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, bir kishi prezident lavozimini ketma-ket ikki martadan ortiq egallashi mumkin emas, ammo ikkinchi muddatdan keyin orada tanaffus bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchi muddatga saylanishi mumkin.