Vazirlar Mahkamasining “Ilm-fan va ta'lim sohasidagi davlat taşkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi ilmiy darajaga ega xodimlarga qöşimça haq tölaş tartibi töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ilm-fan va ta'lim sohasidagi davlat taşkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi xodimlarning lavozim maoşiga:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglaştirilgan darajalar) ilmiy darajasiga ega şaxslar uçun - lavozim maoşining 30 foizigaça;
fan doktori (Doctor of Science) (yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglaştirilgan daraja) ilmiy darajasiga ega şaxslar uçun - lavozim maoşining 60 foizigaça qöşimça haq tölaş tizimi joriy etildi.
Ilm-fan va ta'lim sohasidagi davlat taşkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi ilmiy darajaga ega xodimlarga qöşimça haq tölaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Belgilanişiça:
a) qöşimça haq uşbu qarorga muvofiq tegişli mezonlarni bajarilişini baholaş natijalari böyiça hamda tarkibiy bölinma rahbarining taqdimnomasi va taşkilot kollegial organi qarori asosida har bir xodimning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qöşgan aniq hissasini hisobga olgan holda belgilanadi;
b) uşbu qaror bilan joriy etilayotgan qöşimça oylik va bir martalik tölovlar miqdori bir oyda - falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uçun lavozim maoşining 30 foizidan hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uçun lavozim maoşining 60 foizidan oşmasligi kerak;
v) Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalaştiriladigan taşkilotlar xodimlariga uşbu qarorga muvofiq qöşimça haq belgilanişi bilan boğliq xarajatlarni moliyalaştiriş Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi;
g) uşbu qarorga muvofiq qöşimça haq tölaş bilan boğliq bölgan xarajatlarni moliyalaştiriş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hajmini rejalaştiriş falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar lavozim maoşining 30 foizi miqdorida qöşimça haq va fan doktori ilmiy darajasiga ega bölgan xodimlar lavozim maoşining 60 foizi miqdoridagi qöşimça haqning eng köp hajmi ilmiy darajaga ega bölgan xodimlarning haqiqiy sonidan kelib çiqqan holda band bölgan ştat birligi soni böyiça amalga oşiriladi;
d) taşkilotga qöşimça haqni moliyalaştiriş uçun ajratilgan va moliya yili yakuniga qadar işlatilmay qolgan budjet mablağlari örnatilgan tartibda budjet taşkilotining rivojlantiriş jamğarmasiga ötkaziladi va quyidagi maqsadlarda sarflanadi:
taşkilotning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, bino va inşootlarni, ilmiy laboratoriyalarni texnik şartlar asosida joriy ta'mirlaş va jihozlaş, xalqaro ilmiy axborot bazalari va kutubxona resurslariga ulaniş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş;
xodimlarni yetakçi milliy va jahonda eng yuqori 1000talik reytingga kiruvçi yoki yönalişlar böyiça jahonda eng yuqori 100talik reytingga kiruvçi xorijiy ilmiy-ta'lim muassasalariga qayta tayyorlov, malaka oşiriş va amaliyotga yuboriş orqali kadrlar ilmiy salohiyatini oşiriş, xodimlar tomonidan xorijiy ilmiy anjumanlarda ma'ruza bilan iştirok etiş va qatnaşiş, xalqaro tan olingan ma'lumotlar bazasidagi yetakçi ilmiy jurnallarda ilmiy-tadqiqot işlari natijalarini naşr qiliş.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida uşbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalaştiriş uçun mablağlarni ajratadi.
Tizimida taşkilotlar mavjud bölgan vazirlik va idoralar:
uşbu qarorga muvofiq xodimlarga qöşimça haq belgilanişining asoslanganligi, şuningdek, ularni tölaş uçun ajratilgan mablağlardan maqsadli foydalanilişini doimiy nazorat qilib boradi;
har yili 25 dekabrga kadar Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga uşbu qarorga muvofiq qöşimça haq tölaş huquqiga ega bölgan xodimlarning band bölgan ştat birligi soni töğrisida, şuningdek, ularni tölaş uçun ajratilgan mablağlar, şu jumladan, moliya yili oxirida sarf qilinmagan moliya hajmi töğrisidagi ma'lumotlarni taqdim etib boradi;
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uşbu qarorga muvofiqlaştiradi.












