Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahrining ba'zi hududlarida ta'mirlash ishlari sababli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta'minot» matbuot xizmati xabar berdi.
2019 yil 25 dekabr kuni:
Toshkent shahrining Mirobod tumani, «Qizil Arbat» va «Quddus» ko‘chalaridan o‘tgan gaz ustunlarida ta'mirlash-tiklash ishlari olib borilishi sababli, «Qizil Arbat» va «Quddus» ko‘chalaridagi jami 42 ta aholi xonadonlari soat 10:00 dan 16:00 ga qadar;
Yashnobod tumani, «Zumrad» va «Xusnobod» ko‘chalaridan o‘tgan o‘rta bosimli quvurdan gaz sizib chiqish avariya holati aniqlanganligi va ta'mirlash-tiklash ishlari olib borilishi sababli, «Olmos», «Go‘zal», «Nodira», «Donishmand», «A.Navoiy», «Jarqo‘rg‘on», «Oq-Daryo», «Asalobod», «Guliston» va «Aviasozlar» MFYlaridagi aholi xonadonlari soat 10:00 dan 20:00 ga qadar;
Yakkasaroy tumani, «Bobur» ko‘chasidan o‘tgan o‘rta bosimli yer usti gaz quvurida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, «Dam Ariq» MFY «A.Qahhor» 6-tor ko‘chasi va 47-49-sonli qo‘p qavatli uylar, «Nukus», «Shams Kulol» ko‘chalaridagi aholi xonadonlari, «Yakkasaroy» to‘yxonasi, «Garant mebel», «Milliy taomlar» kafesi, «Njoy», «Elegantlyuks», «Shams Nurt» va «Xayring servis» kabi ulgurji iste'molchilari soat 11:00 dan 16:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minotidan vaqtincha uziladi. Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
«Hududgazta'minot» ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026