«Turonbank» ATB mijozlarni avtomatik indentifikatsiyalash tizimini joriy qildi
«Turonbank» ATB tomonidan 6 oy davomida mijozlarni biometrik pasport va «Face ID» texnologiyasi orqali indentifikatsiyalash tizimi tajribadan o‘tkazildi.
Mazkur tajriba bankning ikki filialida amalga oshirilib, mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z samarasini ko‘rsatibgina qolmay, ish jarayonidagi kamchiliklar bartaraf etilib, dastur yanada mukammallashtirildi.
Tizimning mijozlar uchun qanday afzalliklari yoki qulayliklari bor deysizmi? Albatta, eng asosiysi mazkur dastur va qurilmalar mijoz uchun tezkorlik va aniqlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Mijoz bank filialiga xalqaro pul o‘tkazmalari yoki shu kabi boshqa xizmatlardan foydalanish uchun tashrif buyurganda, 10-15 daqiqa xizmat ko‘rsatish va hisobraqam ochishga sarflangan bo‘lsa, hozirda biometrik pasport mahsus qurilmaga qo‘yiladi va «Personallashtirish markazi»dan ma'lumotlar avtomatlashtirilgan bank tizimiga o‘tkaziladi, shundan so‘ng mazkur ma'lumotlarni tasdiqlash uchun mijoz maxsus kamera orqali «Face ID» dasturida pasport ma'lumotlari bilan solishtiriladi hamda avtomatik ravishda mijozga hisob raqam ochiladi.
Mazkur jarayonga 1 daqiqa vaqt sarflanib hisobraqam ochilsa, boshqa jarayonlar bilan mijozga 5 daqiqani o‘zida xizmat ko‘rsatilib mijozning 10 daqiqa vaqti tejaladi. Bundan tashqari mijozning avvalgi ochilgan hisob raqamdagi ma'lumotlari yangisiga o‘zgartiriladi, inson omili kamaytirilib hisobraqam ochishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarga chek qo‘yiladi hamda pasportning haqiqiy egasi ruxsatisiz har xil turdagi amaliyotlarni cheklashga olib kelib, xavfsizlikni oshiradi.
Mazkur dastur va qurilmalar «Turonbank» ATBning barcha filiallaridagi xalqaro pul o‘tkazmalari va depozit mablag‘larni qabul qilish shoxobchalariga o‘rnatilgan bo‘lib, mazkur dastur va qurilmalarni yanada takomillashtirish va bu orqali boshqa xizmat turlarida xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish va vaqtni tejash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Ma'lumot uchun telefon: (+998) 95 144 60 00
Sayt: turonbank.uz
Facebook sahifasi: fb.com/turonbank
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 25.06.2024
Turonbank yoshlari uchun Buxoroda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
19:00 / 14.03.2024
Turonbank talabalarni o‘qish davridayoq mutaxassisga aylantirmoqda
08:59 / 30.06.2023
Turonbankning yoshlar loyihasi 400 nafar talabani qamrab oldi
19:00 / 07.06.2023