Jamiyat | 09:00 / 26.12.2019
18295
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi magistraturasiga 2020-2021 o‘quv yiliga qishki qabul boshlandi

Foto: Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi 2020-2021 o‘quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qishki qabul e'lon qiladi:

  • «Loyiha boshqaruvi» («Project Management»)

o‘qish muddati: 1 yil

  • «Biznes boshqaruvi» («Master of Business Administration — MBA»)

o‘qish muddati: 2 yil

Shu bilan birga, tinglovchilarda BTEC Pearson (Buyuk Britaniya) tomonidan beriladigan xalqaro malakaviy diplomga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

Ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni Oliy maktab ilg‘or xalqaro tajriba asosida tayyorlab kelmoqda va AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Malayziya va Fransiya kabi davlatlardagi nufuzli yetakchi oliy ta'lim muassasalarida o‘quv amaliyotlari tashkil etiladi.

Bugungi kunda Oliy maktab mamlakatdagi yetakchi ta'lim muassasalaridan biri bo‘lib, korporativ boshqaruv, loyiha boshqaruvi va umuman menejment sohasida mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, davlat boshqaruv idoralari, vazirliklar, barcha turdagi xo‘jalik sub'yektlari, shu jumladan, aksiyadorlik jamiyatlari uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirishning oxirgi muddati - 2020 yil 8 yanvar;

O‘qish shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi (masofaviy ta'lim);

Qabul komissiyasining ishlash jadvali:
dushanba – juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun:

Veb-sayt: https://rgsbm.uz/uz/menu/admission-2020

Telefonlar:
+99871 2390311
+99871 2390303
+99897 4448552

Veb-sayt: https://rgsbm.uz
Telegram: t.me/rgsbm_uz
Feysbuk: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy
Mo‘ljal: «Premier Hall» kinoteatri

Reklama huquqi asosida