Iqtisodiyot | 17:59 / 26.12.2019
7627
2 daqiqa o‘qiladi

EPSILON: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida yangi gaz uzatish quvuri ishga tushirildi va uglevodorodlar qazib chiqarish hajmi ham oshirilmoqda

Foto: EPSILON

26 dekabr kuni GRP amaliyotidan so‘ng, Doya Xotin №16 va №18-sonli quduqlarining umumiy kunlik debiti 200 ming kub.m gacha ko‘tarildi.

Doya Xotin-16 qudug‘ining kunlik debiti 60 mingdan 100 ming kub.m gacha ortdi.

Doya Xotin-18 qudug‘ining kunlik debiti 50 mingdan 100 ming kub.m gacha ortdi.

Muvaffaqiyatli o‘tkazilgan pnevmo sinovlardan so‘ng, 26 dekabrdan boshlab 8 km uzunlikdagi «Talimarjon YP - Sho‘rtanneftgaz» quvuri orqali gaz yetkazib berish boshlandi.

Ikkita gaz quvurlari qurilishi esa tunu-kun davom etmoqda:

  • «Tandircha YP - Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
  • «Chigil YP - Muborak GQIZ» (110 km).

26 dekabr holatiga ko‘ra jami:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 62,5 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar – 37,5 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar – 116,4 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 131,6 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 99,9 km ni tashkil etdi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid