Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayollarni ish bilan ta'minlash uchun tumanlarda yana 80ta tikuvchilik majmualari barpo etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi rejalar haqida ham gapirdi.
«2020 yilda ham yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida «Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturi doirasida qariyb 600 milliard so‘m kreditlar yoshlarning loyiha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, 2020 yilda 24 ming nafar qizlarimizni doimiy ish bilan ta'minlash maqsadida tumanlarda qo‘shimcha 80ta tikuvchilik majmualari barpo etiladi.
Yangi hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlar, shuningdek, yosh oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida qishloq va shaharlarda uy-joylar qurilishi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda shahar va qishloqlarda aholiga, jumladan, yosh oilalarga 30 mingdan ortiq namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilib, ularning qariyb 1 ming 900tasi alohida o‘rnak ko‘rsatgan faol yoshlarga berilgan. Kelgusi yilda ham qishloq va shahar joylarida 30 mingta uy-joy qurib foydalanishga topshiriladi. Shundan 658tasi mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnashib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun ajratiladi.
Birinchi marta bunday uylarning 3462tasi xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimiz uchun barpo etiladi.
Ta'kidlash kerak, 2020 yilda uy-joylarning 17 ming 750tasi yangi tizimga muvofiq xususiy sektor tomonidan quriladi. Bu esa yoshlarni sifatli uy-joy bilan ta'minlash, uy-joylarni erkin tanlash, boshlang‘ich badal to‘lovlari uchun davlatdan kompensatsiya olish imkoniyatini yanada kengaytiradi», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri..
Mavzuga oid
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
13:49 / 09.09.2025