Saida Mirziyoyeva: «Baxtli ayol bu - baxtli oila, baxtli mamlakat va buyuk kelajak»
Bugun, 28 dekabr kuni Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva gender tenglik vazifasi juda murakkab, keng miqyosli vazifa ekanini aytib o‘tdi va Birlashgan Arab amirliklari (BAA)ning bu boradagi tajribasini misol tariqasida keltirdi.
“Bu musulmon, Sharq mamlakati, biroq u gender muvozanati bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Hozirgi kunda BAA Vazirlar Mahkamasidagi 32 nafar vazirdan 9 nafari ayol kishi, o‘rta va kichik tadbirkorlik sektoridagi korxonalarning yarmi ayollar rahbarligi ostida. [U yerda] mintaqadagi ayollar uchun ilk harbiy kollej ochildi.
Har ikkala jinslar o‘rtasidagi savodxonlik darajasi 95 foizga yaqinlashadi. Universitet bitiruvchilari o‘rtasida 70 foizi ayollar. Davlat universitetlaridagi aniq fanlar kurslarining 56 foiz bitiruvchilari – ayollar. YaIMning ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan yillik tushumi 13,6 milliard AQSh dollarini tashkil qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, gender tengligi reytingi oshirilganida avtomatik ravishda boshqa reytinglar ham ko‘tariladi. Mamlakat darhol boshqa darajaga chiqadi”, - deya keltirmoqda Saida Mirziyoyevaning so‘zlarini Kun.uz muxbiri.
So‘zining davomida u bunday natijaga erishishning imkoni mavjud ekanini aytib o‘tdi va O‘zbekistonda turli sohada faoliyat yuritadigan ayollarni birlashtiruvchi klub, platformaga asos solish taklifini bildirdi. Klubning ilk yig‘ilishi 2020 yilning birinchi choragida bo‘lib o‘tishi aytildi.
Saida Mirziyoyeva so‘zining yakunida “Baxtli ayol bu - baxtli oila, baxtli mamlakat va buyuk kelajak. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Har bir muvaffaqiyatli erkak ortida muvaffaqiyatli, oqila ayol bo‘ladi”, - deya ta'kidladi.
Mavzuga oid
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
18:37 / 30.10.2024
Saida Mirziyoyeva Fashion Trust Arabia taqdirlash marosimida ishtirok etdi
20:53 / 28.10.2024
Saida Mirziyoyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori bilan uchrashdi
19:31 / 21.10.2024